O'zbekiston

Fan-taʼlim, ishlab chiqarish tizimlarining uzviy faoliyati — barqaror rivojlanish omili

IT texnologiyalar, innovatsion loyihalar va startaplar so‘nggi yillarda aholining har jihatdan qulay yashashi uchun xizmat qilib kelmoqda.

Fan-taʼlim, ishlab chiqarish tizimlarining uzviy faoliyati —  barqaror rivojlanish omili

 

Atrofimizga diqqat bilan nazar tashlasak, bugun barchamiz fan-taʼlim-ishlab chiqarishning faol ishtirokchisi  bo‘lib, uning amaliy natijalaridan bahramand bo‘layotganimizni ko‘ramiz. Texnoparklar, robototexnika va mexatronika, IT texnologiyalar, muqobil energetika hamda biotexnologiya innovatsion loyihalar, startaplar keyingi yillarda rivojlanib, aholining har jihatdan qulay yashashi uchun xizmat qilib kelmoqda.

 

Avvallari fan-taʼlim-ishlab chiqarish o‘zaro  bog‘lanmagan, uchala tizim o‘ta tarqoq holda ishlab kelar edi. Natijada, taʼlim tizimi tayyorlagan iqtidorli kadrlarning diplomlari tokchalarda changib bosib yotar, yoshlar oliy maʼlumotli bo‘lishiga qaramasdan ishsiz, ilm-fanning natijalari esa, qog‘ozda qolib ketar, ishlab chiqarishning natijadorligi past darajada edi.

 

Boz ustiga, iqtisodiyot taraqqqiyotining haqiqiy lokomotivi bo‘lgan injener, texnolog, agronom-mexanizator kabi muhim mutaxassislar kamayib ketib, bu kabi sohalar yo‘q bo‘lib keta boshlagan edi. Vaholanki, fan – taʼlim – ishlab chiqarish tizimlarining uzviy aloqadorligini taʼminlash har bir davlatning barqaror rivojlanishidagi  muhim omil hisoblanadi.

 

So‘nggi yillarda mazkur omilga davlat darajasida eʼtibor berilib, fan-taʼlim-ishlab chiqarishda uzviy xalqa tiklanmoqda, xususan,  klaster shaklida faoliyat yuritishi uchun barcha zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Ularning baʼzilarini misol keltirsak:

 

Birinchidan, Oliy taʼlim yurtlarining o‘quv jarayonlariga ishlab chiqarish korxonalarining malakali va tajribali mutaxassislari jalb qilinmoqda. O‘z navbatida,  oliy taʼlim yurtlari talabalari, professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot va stajirovka o‘tishi tizimli yo‘lga qo‘yilmoqda.

 

Endilikda oliy o‘quv yurtlari iqtisodiyotdagi zamonaviy korxonalarni rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqqan holda mutaxassislar tayyorlaydi. Talabalarning olayotgan nazariy bilimlari innovatsion hamkorlik asosida xuddi o‘sha korxonalarda amaliy tomondan mustahkamlanmoqda. Talabalar xuddi shu davrda o‘zlarini qiziqtirgan mavzularda innovatsion loyihalarni shakllantirish, yaratilgan ishlanmalarni korxonalar amaliyotga joriy etish va tijoratlashtirish faoliyatlarini amalda o‘rganishadi.

 

Ikkinchidan, ishlab chiqarish korxonalari xodimlariga bakalavriat va  magistraturada o‘qish uchun tavsiyanoma berish orqali shartnoma to‘lovlarini ishlab chiqarish korxonalari tomonidan to‘lab berilishi ijobiy natijalar bermoqda. Buning mantiqiy davomi sifatida, korxonalar qoshida o‘quv markazlari ochilib, ularda xodimlar qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida o‘qishi yo‘lga quyildi. Alohida eʼtiborga loyiq omil shuki, iqtidorli talabalar uchun ishlab chiqarish korxonalarining stipendiyalari ham joriy etildi.

 

Uchinchidan, taʼlim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro sherikchiligi kadrlarni nazariy va amaliy tomonidan innovatsion qobiliyatlarini shakllanishiga asos bo‘lmoqda. Masalan, Fanlar akademiyasining 65 nafar akademiklari respublikaning 33 ta akademik litseylari, 27 ta kasb-hunar kollejlari, 29 ta oliy taʼlim muassasalariga biriktirildi. Bu endi ustozlar iqtidorli yoshlarni topish, ularni mutaxassisliklarga qiziqtira olish imkoniyati yaratildi.

 

Xulosa qilar ekanmiz, fan-taʼlim-ishlab chiqarishning klaster shaklida ishlashi iqtisodiy taraqqiyotning lokomotivi bo‘lgan injener, texnolog, agronom-mexanizator kabi mutaxassislarning sifat va son jihatdan ko‘payishiga, bu esa o‘z navbatida sanoatni yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlashga, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tatbiq qilishga xizmat qiladi.  

 

Feruza Usarova

O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi markazi diyektori v.b., siyosiy fanlar nomzodi, dotsent

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"