O'zbekiston

O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlar uchun muddatidan oldin ovoz berish boshlandi

Ushbu jarayon 5-iyulga qadar davom etadi.

O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlar uchun muddatidan oldin ovoz berish boshlandi

 

Bugun, 28-iyundan O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlar uchun muddatidan oldin ovoz berish boshlandi. Bu haqda «O‘zA» axborot agentligi xabar qildi.

 

Saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar amalga oshiriladi. Bugun Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan dam olish kuni bo‘lganligi uchun respublika bo‘ylab saylov uchastkalari soat 11:00 dan muddatidan oldin ovoz berish uchun ochildi.

 

Saylov kodeksining 57-moddasida muddatidan oldin ovoz berish tartiblari ifodalangan bo‘lib, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega ekanligi belgilangan. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o‘n kun qolganida boshlanib, saylovga uch kun qolganida tugallanadi. 

 

Qonunchilikka ko‘ra, muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning eʼtiboriga ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladi.

 

Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo‘la olmasligining sabablari (taʼtil, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi. 

 

Saylovchi saylov byulletenini olganligi haqida tegishli uchastka komissiyasining kamida ikki nafar aʼzosi hozirligida saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi.

 

Muddatidan oldin ovoz berish jarayonida yashirin ovoz berish tamoyillariga to‘liq amal qilinadi. Jumladan, saylov byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi tomonidan to‘ldiriladi va yopiq konvertda qoldiriladi. Konvert tegishli uchastka saylov komissiyasining seyfida saqlanadi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka komissiyasining ikki nafar aʼzosi imzolari qo‘yilib, ular komissiyaning muhri bilan tasdiqlanadi.

 

Saylov kuni ovoz berish tugagach, uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari komissiya aʼzolari bilan birgalikda muddatidan oldin ovoz berish byulletenlari solingan yopiq konvertlarni saylov qutisiga tashlaydi. Shu tariqa muddatidan oldin ovoz berish natijalari yakuniy sanoq jarayoniga qo‘shiladi. 

 

Eslatib o‘tamiz, muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 2023-yil 5-iyul kuni yakunlanadi.

 

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"