O'zbekiston

Andrey Kulikov qurigan Orol dengizi tubi bo‘ylab 42 km.dan ortiq masofani bosib o‘tdi — video

Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Andrey Kulikov qurigan Orol dengizi tubi bo‘ylab 42 km.dan ortiq masofani bosib o‘tdi — video

 

O‘zbekistondagi ommaviy yugurish musobaqasi tashkilotchisi Andrey Kulikov qurigan Orol dengizi tubi bo‘ylab 42 km 195 m masofani bosib o‘tdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. 

 

Maʼlum qilinishicha, mazkur marafon 17 iyun – Butunjahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni munosabati bilan Ekologiya vazirligi tomonidan tashkil etildi. Yugurish "Aral Eco Marathon” marafoni doirasida o‘tkazildi. Maqsad jahon hamjamiyatining eʼtiborini ushbu mintaqaning ekologik muammolariga qaratish va barchani sayyoramizni saqlab qolish uchun faol qadamlar tashlashga undashdir.

 

“Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Orol dengizining suvi qurigan hududida global ekologik muammoning oldini olish va aholining ijtimoiy-iqtisodiy yashash tarzini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2018–2022 yillar oralig‘ida 1,6 mln gektar maydonda "yashil qoplamalar" himoya o‘rmonzorlari barpo qilindi. 2023 yilda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida 128 ming gektar maydonda "yashil qoplamalar" yaratildi. Bundan tashqari, har yili 100 gektardan kam bo‘lmagan hajmda saksovul niholxonalari tashkil etildi", — dedi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov.

 

Taʼkidlanishicha, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yil bahor mavsumida o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 21,8 mln dona iqlim sharoitga mos manzarali, mevali daraxt va butalarning ko‘chat va qalamchalari yetkazib berildi. Yangidan 500 gektar hududda tuproq-iqlim sharoitga mos daraxt va butalar turlaridan niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etildi.

 

Qolaversa, joriy yilda Nukus shahri atrofida 5 km masofada 3590 ta, Urganch shahri va Urganch-Gurlan avtomobil yo‘li atrofiga 5 km masofada 2500 ta katalpa, qayrag‘och, yapon saforasi kabi tuproq-iqlim sharoitga mos daraxtlar ko‘chatlari ekilib, “yashil belbog‘lar” barpo qilindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"