O'zbekiston

Toshkentda ichida odamlar bo‘lgan liftning qulab tushish sabablari ochiqlandi

Hozirda Toshkent shahri va viloyatlardagi ko‘p qavatli uylarda o‘rnatilgan liftlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish boshlangan.

Toshkentda ichida odamlar bo‘lgan liftning qulab tushish sabablari ochiqlandi

 

Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida liftda nosozlik yuz berib, odamlar jarohatlangani haqida xabar berilgandi. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi holat yuzasidan o‘rganish ishlari natijasi haqida maʼlumot berdi.


Aniqlanishicha, 18-iyun kuni taxminan soat 16:00 da Toshkent shahri, Yangi hayot tumani, "Yangi Darxon" MFYda joylashgan 17-sonli 16-qavatli ko‘p xonadon uy 2023-yil aprel oyida foydalanishga topshirilgan. Ko‘p qavatli uydagi lift Turkiya korxonasi tomonidan 2022-yilda ishlab chiqarilgan.

 

Yuk ko‘tarish quvvati 1000 kg bo‘lgan lift qurilmasi 16-qavatdan 1-qavatga harakatga kelgach, liftning tezligini nazorat qiluvchi yaʼni to‘xtash lozim bo‘lgan etajga yaqinlashgan lift kabinasini sekinlatuvchi (datchik zamedleniya) qurilmasi nosozligi sababli tezlik kamaymaganligi va 1-qavatga yaqinlashganda liftning avtomatik tormoz tizimi ishga tushib to‘xtaganligi va tezlik kamaymaganligi tufayli shaxtada o‘rnatilgan bufer qismiga kelib o‘rilganligi taxmin qilinmoqda. 

 

Natijada lift to‘xtagandan so‘ng mazkur mavzedagi domlarga xizmat ko‘rsatuvchi injinering kompaniyasi "Premium Promotion" MCHJning liftlarga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislari tomonidan eshikni ochib liftdan 11 kishini chiqarib olgan, bulardan 3 kishi turli xil sinishlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

Hozirda ushbu hududdagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyaga tegishli liftlarni qayta navbatdan tashqari texnik nazoratdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan Toshkent shaxri va viloyatlardagi ko‘p qavatli uylarda o‘rnatilgan lift qurilmalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari boshlangan.

custom img

Toshkentda metro poyezdi eshiklari ochiq holda harakatlandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"