O'zbekiston

Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti va xalqiga taʼziya yo‘lladi

Shuningdek, Davlatimiz rahbari o‘rmon yong‘inlari oqibatida qurbon bo‘lganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti va xalqiga taʼziya yo‘lladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning Abay viloyatida sodir bo‘lgan yirik o‘rmon yong‘inlari oqibatida insonlar halok bo‘lgani va katta ziyon ko‘rilgani munosabati bilan Prezident Qasim-Jomart Toqayevga va qardosh Qozog‘iston xalqiga taʼziya yo‘lladi. Davlatimiz rahbari qurbon bo‘lganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning sharqidagi Abay oblastidagi o‘rmon xo‘jaligida sodir bo‘lgan tabiiy yong‘in oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan. Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabariga ko‘ra, yong‘in daraxtlarni yashin urishi natijasida kelib chiqqan.

 

Qozog‘istonning Abay oblastida keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari ro‘y bermoqda. ORDA xabar berishicha, natijada «Semey o‘rmoni» o‘rmon xo‘jaligi qo‘riqxonasining 14 nafar ishchisi halok bo‘lgan. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Abay viloyatida sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘lganlar xotirasiga 12 iyun kunini Qozog‘istonda umummilliy motam kuni deb eʼlon qildi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"