O'zbekiston

Gaz va elektr bo‘yicha yangi tariflar kuzgacha qabul qilinadi

Energetika vaziri o‘rinbosari kuzgacha aholi uchun gaz va elektr energiyasi bo‘yicha yangi tariflar haqida qaror qabul qilinishi mumkinligini taʼkidladi.

Gaz va elektr bo‘yicha yangi tariflar kuzgacha qabul qilinadi

O‘zbekistonda 2023-yilning kuz oyigacha aholi uchun elektr energiyasi va gaz uchun yangi tariflar to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bu haqda “Newshub” xabar berdi.

 

Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Axmedxadjayevning taʼkidlashicha, hukumat kuzgacha aholi uchun elektr energiyasi va gaz bo‘yicha yangi tariflar to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

 

Yangi tariflarni joriy etishni o‘tgan yil qoldirgandik, chunki biz bunga hali tayyor emasligimizni angladik. Shuningdek, inflyatsiyaga taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy jihatlar ham hisobga olingan. O‘ylaymanki, kuzgacha qaror qabul qilinadi va biz tariflarni qachon keng miqyosda ishga tushirishni tushunamiz, — dedi Axmedxadjayev.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bozorda adolatli yondashuvni shakllantirish kerak. Bunda katta ko‘chmas mulkka egalik va ko‘p sonli maishiy texnikadan foydalanadiganlar ko‘proq pul to‘laydi. Vazir o‘rinbosari hamma uchun bir xil bo‘lgan hisob-kitobni noto‘g‘ri deb atagan.

 

Axmedxadjayevning qo‘shimcha qilishicha, hozirda O‘zbekiston Energetika vazirligi Jahon banki va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan birgalikda energiya bozorini rivojlantirishning yangi strategiyasini ishlab chiqish ustida ishlamoqda

 

Biz amalga oshirish tezligi bo‘yicha qaysi ssenariy biz uchun eng qiziqarli ekanligini tushunish uchun barcha mumkin bo‘lgan variantlarni muhokama qilmoqdamiz. Dunyoda ularning ijobiy va salbiy tomonlari bilan turli xil tajribalar mavjud. Biz hamma narsani yagona universal tizimga solishga harakat qilyapmiz. Hozir muhokamalar ish jarayoni bosqichida, — dedi vazir o‘rinbosari.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda elektr energiyasi uchun to‘lov narxini oshirish taklif qilingandi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Gaz va elektr bo‘yicha yangi tariflar kuzgacha qabul qilinadi