O'zbekiston

Rossiyalik bloger tanqididan so‘ng “O‘zbekiston temir yo‘llari”da tekshiruv boshlandi

U “Sharq” poyezdidagi xizmat ko‘rsatish sifatiga eʼtiroz bildirgandi.

Rossiyalik bloger tanqididan so‘ng “O‘zbekiston temir yo‘llari”da tekshiruv boshlandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 18 fevral kuni “Sharq” yo‘lovchi poyezdining “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan rossiyalik sayyoh o‘zining kupesida mavjud kamchiliklar haqida tayyorlagan videolavha tarqaldi. Holatga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy munosabat bildirdi.

 

Mazkur holat yuzasidan tezkor yig‘ilish o‘tkazilgan. Ko‘rsatilgan kamchiliklar yuzasidan ushbu sanada xizmat vazifasini olib borgan vagon kuzatuvchilari va poyezd boshlig‘iga qatʼiy intizomiy jazo qo‘llanilgan. Hozirgi kunda barcha yo‘nalishlar harakati davomida yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishini tekshirish maqsadida ishchi guruh qo‘shimcha faoliyatini boshlagan.

 

“Videolavhada aytib o‘tilgan yo‘nalishning chipta narxi 100 AQSH dollaridan oshiqligi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, sayyoh mazkur yo‘nalish uchun chiptani Rossiya Federatsiyasining «RJD» saytidan elektron tarzda 4213,9 rublga rasmiylashtirgan. Mazkur vagon lyuks toifasida bo‘lib, 4 ta kupedan iborat va faqat 8 ta yo‘lovchi uchun xizmat ko‘rsatadi. Ushbu yo‘nalish chipta narxi 385 980 so‘m hisoblanadi”, — deyiladi xabarda.

 

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda sumalak saylida ishtirok etdi

Davlat rahbari Jarqo‘rg‘on tumanida bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massiviga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan qurilish va ijtimoiy infratuzilma loyihalari bilan tanishdi.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"