“Bu dunyo chin qalbi borlarga torlik qiladi”

Zamon.uz atoqli yozuvchi Chingiz Aytmatovning “Oq kema” qissasini tavsiya etadi.

“Bu dunyo chin qalbi borlarga torlik qiladi”

 

Adabiyot mevali daraxtga o‘xshaydi, u hamisha insonga tug‘ilish haqiqatlaridan pishib yetilgan mevalarini taqdim etishdan aslo to‘xtamaydi. Ana shunday ulug‘vor asarlar muallifi, qirg‘iz xalqining atoqli namoyondasi Chingiz Aytmatovdir. Adibning o‘tkir qalamidan to‘kilgan sara asarlar talaygina.  Insonni chuqur o‘yga toldiradigan, yangi tug‘ilgan chaqaloqdek pok davrlarini eslatadigan va qalbidagi ilk isyonlarning yaralish pallasi haqida hikoya qiladigan “Oq kema”ning demoqchi bo‘lganlariga quloq tutamiz.

 

Asarning bosh qahramoni dastlab 2 ertagi bo‘lgan, keyin birontasi ham qolmagan 7 yoshli bolakay. Uning do‘stlari til-u zabonsiz tosh va gullar, suhbatdoshlari esa durbin-u portfel. Uning ajib dunyosi bor. Ota-onasining tashlab ketganiga, odamlardan uzoqdaligiga qaramasdan u shu dunyoda ertaklari bilan baxtli edi. Bobosi Mo‘min chol otasi o‘rnida ota, onasi o‘rnida ona edi.

 

Asar samimiyati bilan kitobxonni o‘ziga tortadi. Uslub ham o‘zgacha. Qissa shu qadar taʼsirchan va haqqoniy ifodalanganki, beixtiyor o‘quvchi o‘zini o‘sha vaziyatga tushib qolganday his qiladi. Asarni o‘qigan sari kishi obrazlar domiga tushaveradi. “Oq kema” asaridagi bola va uning atrofidagi obrazlar Insonga o‘xshaydi. Bola obrazi esa Qalbdir. U yomonliklar va qabihliklarni ko‘rsa, kirlanadi, o‘lib boradi. To‘g‘ri, butunlay yo‘q bo‘lmasligi mumkin, ammo diydasi qotgan kimsadek qotib qoladi.

 

Oq kema  —  mehr-muhabbat ramzi. Bola shuning uchun ham doim Oq kemaga intiladi. Mo‘min chol — mehnatkash, aqlli inson tanasi. Unda oliyjanob fazilatlar mavjud, biroq har doim ham to‘g‘ri yo‘ldan yura olmaydi. Bola (qalb) tabiatga oshufta, yaxshiliklar, mehr-oqibatga muhtoj. Shoxdor ona bug‘u — eʼtiqod. Insonning o‘z eʼtiqodida sobit turolmasligi qalbning jarohatlanishiga sabab bo‘ldi. Yozuvchi eʼtiqod masalasidagi sustkashlik juda katta fojiaga sabab bo‘lishini isbotlaydi. Asar hayotda har bir jabhada alohida eʼtibor bilan yashashga o‘rgatadi. Birinchi masala: qalb pokligi; ikkinchisi: halol rizq; uchinchisi: eʼtiqod sobitligi. Shu uch masala bir bola hayoti misolida ramziylashtirib berilgan. Ch.Aytmatov insonlarda qalbni asrab-avaylashga, unga g‘oyatda ehtiyot bo‘lib muomala qilishga undayotganday tuyulaveradi. Adib tuyg‘ularni har bir davrda ham asrab qolish kerakligini yashamoqdan maʼno topish bilan qiyoslaydi. 

 

Xulosa qilib aytganda, Chingiz Aytmatov faqatgina dunyoni pok va to‘kis bo‘lishini istaydi, buni bola obrazi orqali kitobxonga yetkazmoqchi bo‘lgan.

 

Yana adib sabrli bo‘lishni, yaxshilik qilishni, tabiatni sevish va uni asrab-avaylashni targ‘ib qiladi. Bola bu nopok dunyoga sig‘madi.  Haqiqatan ham yozuvchi bir obraz orqali bu dunyoning nopok ishlariyu-kirdikorlarini ochib bergandek bo‘ldi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Tarixiy g’alaba: Javohir Sindarov muddatidan avval g‘alaba qozondi

20 yoshli Sindarov jahon chempioni unvoni uchun kechadigan bahsda Dommaraju Gukeshga qarshi o‘ynaydi.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"