O'zbekiston

Namangan xalqaro aeroporti tomonidan o‘tkazilgan davlat xaridi bekor qilindi

Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma'lum qildi.

Namangan xalqaro aeroporti tomonidan o‘tkazilgan davlat xaridi bekor qilindi

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Namangan xalqaro aeroporti MCHJ buyurtmachiligida “Kompleks tozalash (obodonlashtirish) xizmatini ko‘rsatish” yuzasidan 2023-yil 2-may kuni o‘tkazilgan 1 mlrd 440,0 mln so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi

 

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablariga amal qilinmagan.

 

Ushbu xaridda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabgorning hujjatlari xarid komissiyasining ikki nafar aʼzolari foydalangan kompyuter (IP-manzillari bir xil) orqali elektron platformaga yuklangan.

 

Mazkur holatlar bo‘yicha davlat xaridi o‘tkazilgan kunning o‘zida xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi.

 

Agentlik taqdimnomasiga binoan Namangan xalqaro aeroporti MCHJ tomonidan 3-may kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"