O'zbekiston

Endi Turkiyadan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvoz qilish mumkin

2023 - yilning 17 -apreldan eʼtiboran AnadoluJet Turkiya poytaxti Anqaradan,poytaxtimiz Toshkent shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘ydi.

Endi Turkiyadan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvoz qilish mumkin

Ilk marotaba, 18- aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:10 da Anqaradan Toshkent aeroportiga yetib kelgan AnadoluJet aviakompaniyasining Boeing 737-800 rusumli samolyoti,O‘zbekiston Fuqaro Aviatsiyasi agentligining bosh direktori Tohir Nazarov, Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchisi Olgan Bekar va Turk Havo Yo‘llarining Toshkentdagi ofisi menejeri Selim Kahriman samolyot zinapoyasi oldidagi lentani kesib, yo‘lovchilar va ekipaj aʼzolarini tantanali qarshi oldilar.

 

Shu o‘rinda, Turk Havo Yo‘llari va AnadoluJet bo‘yicha chipta narxlarini qiyoslaydigan bo‘lsak, AnadoluJetda,Toshkent – Anqara yo‘nalishi uchun chiptalar qiymati bugungi kunda 2,4 million so‘mni tashkil etsa, Anqara – Toshkent yo‘nalishi uchun 1,7 million so‘m etib belgilangan.Ushbu yo‘nalishdagi yo‘nalishlar haftada bir marta — dushanba kunlari muntazam ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

 

Turk Havo Yo‘llarida esa ko‘rsatkichlar biroz yuqori bo‘lib, unda Toshkent – Istanbul yo‘nalishi uchun bugungi kundagi chipta narxlari2,8 million so‘mdan boshlansa,  Istanbul – Toshkent reyslari uchun, 4,7 million so‘mni tashkil etmoqda.

 

Maʼlumot o‘rnida, AnadoluJet bosh qarorgohi Anqarada joylashgan. U Turk Havo Yo‘llarining qo‘shimcha tarmog‘i bo‘lib, ekonom klass yo‘lovchilari uchun imtiyozli narxdagi parvozlar va sifatli xizmatlarni taqdim etib kelmoqda.

 

Rivojlanayotgan texnologiyaga innovatsion yondashuvi bilan qiymat qo‘shayotgan ushbu brend oldindan “O‘rindiq va taom tanlash” kabi imkoniyatlari bilan xizmat sifatini oshirishda davom etmoqda.

 

Aviakompaniya parkida 77 ta samolyot mavjud bo‘lib, ular 89 ta yo‘nalishda ichki va xalqaro reyslarni amalga oshiradi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"