O'zbekiston

11 yilda ishi tiklangan mayor, muammosi hal bo‘lgan tadbirkor, ijtimoiy himoyaga muhtojlarni qo‘llagan hokim

Respublika ishchi guruhining ommaviy qabuli bo‘lib o‘tdi.

11 yilda ishi tiklangan mayor, muammosi hal bo‘lgan tadbirkor, ijtimoiy himoyaga muhtojlarni qo‘llagan hokim

 

Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining Toshkent viloyatidagi faoliyati katta masshtabdagi ommaviy qabul bilan boshlandi. Bo‘kaning Bo‘ston mahallasidagi ochiq-jonli muloqotlar maydonida Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, qo‘mitalar va Toshkent viloyati sektorlari rahbarlari har bir ariza-shikoyatni sinchiklab ko‘rib chiqdi.

 

O‘tkazilgan ommaviy sayyor qabulda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq, Quyi Chirchiq, Parkent, Olmaliq, Piskent, Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Qibray, Zangiota, Chinoz, Ohangaron tumanlari va Nurafshon, Chirchiq, Angren, Ohangaron, Bekobod shaharlaridan fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

 

Murojaatlarning 52,2 foizi sud, prokuratura va ichki ishlar faoliyatiga oid masalalarni tashkil qildi.

 

Oliy sud raisi B.Islamov tomonidan 122 ta murojaatlar qabul qilinib, 87 tasi joyida ijobiy hal qilingan 76 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish talab etilganligi sababli nazoratga olindi.

 

Bosh prokuror N.Yo‘ldoshev va Bosh prokuror o‘rinbosari S.Artikova tomonidan 160 nafar fuqaro qabul qilinib, 47 ta masala ijobiy hal etildi, 113 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish talab etilganligi sababli nazoratga olindi.

 

Ichki ishlar vaziri P.Bobojonov va IIV o‘rinbosari Ya.Abdulxakov tomonidan 102 nafar fuqaro qabul qilinib, 47 tasi ijobiy hal etildi, 54 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish talab etilganligi sababli nazoratga olindi.

 

Viloyat hokimi Z.Mirzayev tomonidan 307 nafar fuqarolardan murojaat qabul qilingan. Shundan 50 tasi moddiy yordam, 54 tasi uy-joy bilan taʼminlash, 15 tasi kadastr masalasi, 29 tasi tibbiyot, 11 tasi ish bilan taʼminlash, 10 tasi kredit va 138 tasi boshqa masalalardan iborat.

 

Ushbu murojaatlarning 93 tasi ijobiy hal etilgan, 214 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish talab etilganligi sababli nazoratga olindi.

 

Misol uchun, bekobodlik Safaroy Berdiyeva mahallasidagi yuz nafar xotin-qizni kooperatsiyaga biriktirib, kiyimlar tayyorlar ekan. Tadbirkor ayol Bosh prokuratura masʼullariga 2-sektor yordami uchun rahmat aytarkan, mahsulotlar realizatsiyasida amaliy yordam so‘radi. Murojaatdan so‘ng kooperatsiya uchun tez orada bozordan joy ajratiladigan bo‘ldi.

 

Bir sohaga mansub uch avlod mutaxassislarining bir muloqot maydonida jamlanishi bu kabi qabullarning o‘ziga xos “brend”iga aylanyapti. Murojaatlarni birga tinglash, masalalarga birga yechim topish zamirida bobomeros kengash institutining yangicha maʼno-mazmuni bo‘y ko‘rsatadi.

 

Ichki ishlar vazirligi masʼullari bilan muloqotlardan so‘ng 6 nafar sobiq ichki ishlar xodimlarining tizimga ishga tiklangani ham inson qadrini yuksaltirish bugun mamlakatimiz davlat organlarining konstitutsiyaviy burchi va ustuvor vazifasiga aylanayotganini yana bir bor namoyon qildi. Jizzaxlik Sharof Berdiyevning hayotida ham bugun adolat g‘alaba qildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 2022 yil 7 iyundagi hal qiluv qarori va Ichki ishlar vazirligi xulosasi asosida mayor Berdiyev 11 yil deganda yana o‘z sohasiga, o‘z vazifasiga qaytyapti.

 

Bo‘kalik Rustam Shodiyev murojaati asosida esa “Do‘stlik” mahallasidagi serqatnov ko‘chada piyodalar o‘tish yo‘lagi bunyod etildi.

 

Murojaatlar asosida Toshkent viloyati hokimligi mahalliy byudjetidan bo‘kalik og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalar muammolarini hal qilish uchun 721 million so‘m mablag‘ ajratildi. Umuman, mazkur ommaviy qabulda 735 ta masalaning 242 tasi joyida hal etilib, 227 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan bo‘lsa, 266 ta murojaat nazoratga olindi.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"