O‘lim bilan tahdid: hech kim undan kafolatli himoyalanmagan

Shunday bosimlar bo‘lsa, nimalar qilish kerak?

O‘lim bilan tahdid: hech kim undan kafolatli himoyalanmagan

 

Shu kunlarda o‘ldirish bilan tahdid qilish va uning oqibatlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Ayrimlar o‘zi bilan ham shunday holat bo‘lgani, vaziyatdan qanday chiqqani haqida hikoya qilsa, izohlar orasida so‘nggi chora sifatida o‘ldirish bilan qo‘rqitib qo‘yganini tan olganlar ham yo‘q emas. Bu mavzu kun tartibiga qanday chiqdi?

 

Nemolchi.uz loyihasi asoschisi Irina Matviyenko o‘ziga o‘lim bilan tahdid qilingani va shu sababli bir muddat mamlakatni tark etganini bildirgan edi. Aprel oyida nomaʼlum shaxs unga Telegram orqali tahdidli xabar yo‘llab, uni o‘ldirmoqchi ekani haqida yozgan.

 

Huquq faoli avvaliga bu xabarni ahmoqona hazil sifatida qabul qilgan. Lekin keyinroq unga bu xabar ruhiy bosim o‘tkaza boshlagan va xatti-harakatlari o‘zgargan: “Podyezdga kirish, koridor bo‘ylab ofisga borish qo‘rqinchli bo‘lib qoldi. Ichkariga kirib, qo‘limda uchi tashqariga qaragan (yo‘naltirilgan) kalit bilan masofadan turib har bir burchakni ko‘zdan kechirdim. Zinadan liftda emas, piyoda yuqoriga va pastga tushib chiqdim. Erimdan maydonchamizga chiroq o‘rnatishni, umumiy eshikka qulf osib qo‘yishini so‘radim”, deb yozadi u.

 

O‘lim bilan tahdid qilish “moda” bo‘ldimi?

 

Irina Matviyenko bilan sodir bo‘lgan voqea yagona hodisa emas. Ijtimoiy tarmoqlar va OAVda bu qadar shov-shuv qilinmagan bo‘lsa-da, bloger va faollarga o‘lim bilan tahdidlar tez-tez bo‘lib turadi. Aprel oyi oxirida ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo tumanida viloyat hokimiga yer masalasida shikoyat qilgan blogerga boshqa bir fuqaro o‘ldirish bilan tahdid qilgani aks etgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi maʼlumot berib, tahdidchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va tergov harakatlari olib borilayotgani haqida maʼlum qildi.

 

Yoki yana bir holat: Samarqandda fuqaroning olti bosh qo‘yi kechasi so‘yib ketilgani va oilaga tahdidomuz xat qoldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Qoldirilgan xatda fuqaroning o‘zi ham shu qo‘ylar holiga tushishi haqida ogohlantirilgan. Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va jinoyatni sodir etganlarni aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilayotganini bildirdi.

 

Bundan tashqari, bloger Aʼzam Qahramoniy “Ular” loyihasiga bergan intervyusida maʼlum shartlarni bajarmasa, uni o‘ldirishlari bilan tahdid qilingani haqida aytib o‘tgan. Bloger O‘zbekistonda inson xavfsizligini taʼminlash bilan bog‘liq muammolar borligi uchun ham ko‘p baralla gapirolmasligini tan olgan.

 

Bu hali hammasi emas. Oilaviy zo‘ravonliklar, nomusga tegish jinoyatlarida ham jabrlanuvchilar juda ko‘p hollarda o‘lim bilan qo‘rqitilgani uchun shikoyat qilmaganini aytadi.

 

Tahdid qanday qilinishi mumkin?

 

O‘lim bilan qilingan tahdid bir qaraganda shunchaki qo‘rqitib qo‘yishdek tuyulishi mumkin. Ammo inson ruhiyati har xil: kimdir buni yengil o‘tkazadi, kimdir uchun esa bu haqiqiy bosim. Hatto mamlakatdan chiqib ketishgacha olib kelishi mumkin.

 

O‘lim bilan tahdid turlicha bo‘ladi:

 

Og‘zaki. Agressor tomonidan “Seni o‘ldiraman. Otaman. Yoqib yuboraman...” kabi iboralarda aytilishi.

 

Harakat bilan ko‘rsatilishi. Masalan, pichoq o‘qtalib, bo‘g‘ib yoki qattiq tan jarohati yetkazib qo‘rqitish.

 

Xat-xabar yuborish. Pochta, ijtimoiy tarmoqlar yoki boshqa elektron aloqa vositalari orqali anonim tarzda o‘ldirishi haqida xabar yuborish.

 

Tahdid bo‘lsa, nima qilish kerak?

 

Avvalo xotirjamlikni saqlash muhim.

 

Og‘zaki tahdid doimiy takrorlanayotgan bo‘lsa, uni video yoki audio tarzida yozib olish, yozuvlar ishonchli saqlanishi uchun esa yaqinlarga jo‘natish kerak.

 

Elektron tarzda yuborilgan xatlardan, albatta, skrinshot olib, bir nechta manbada saqlash lozim. Xat tarzida yuborilganda esa nusxa ko‘paytirish zarar qilmaydi. Tahdidli xat-xabarlarga javob qaytarish tavsiya etilmaydi.

 

Shundan so‘ng 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki eng yaqin hududiy ichki ishlar bo‘limiga murojaat qiling. O‘zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat va dalillarni olishni unutmang. Arizangizni qabul qilgan ichki ishlar xodimining telefon raqamini oling.

 

Agar tahdid sizni jiddiy tashvishga solayotgan bo‘lsa, darhol o‘zingiz xavfsiz deb hisoblangan boshqa joyga keting, masalan, yaqin do‘st, qarindoshlarnikida. Yolg‘iz qolmaslikka harakat qiling.

 

Tahdid qilganga jazo bormi?

 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 112-moddasiga ko‘ra, o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish agar bu harakat amalga oshirilishidan xavfsirash uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

 

Agar bu harakatlar o‘ta xavfli retsidivist, uyushgan guruh aʼzosi, yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, — uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

custom img

Toshkentning 9 ta hududida yangi jamoat parklari barpo etiladi

Prezident poytaxtda urbanizatsiya jarayonlari va yashil hududlarni kengaytirish boʻyicha takliflar bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"