“Bizning barcha erkinligimiz matbuot erkinligiga bog‘liq”

BMT Bosh kotibi Jahon matbuot erkinligi kuni arafasida OAV xodimlariga murojjat bilan chiqdi.

“Bizning barcha erkinligimiz matbuot erkinligiga bog‘liq”

 

Anʼanaga binoan,  Jahon matbuot erkinligi kuni arafasida  BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish soha xodimlariga qarata murojaat bilan chiqdi.  “Bu kun bizga oddiy haqiqatni anglashga imkon beradi: bizning barcha erkinligimiz matbuot erkinligiga bog‘liq”, — deya taʼkidladi  BMT  Bosh kotibi. Uning fikricha, erkin matbuot demokratiya va adolat asosidir. “Bu bizga fikrlarni shakllantirish va kuchlilarga haqiqatni aytish uchun zarur bo‘lgan barcha faktlarni beradi. Matbuot erkinligi inson huquqlari uchun juda muhimdir”, — dedi u. Shu bilan birga, u matbuot erkinligi dunyoning barcha burchaklarida hujumga uchrayotganiga eʼtibor qaratdi. Bosh kotibning fikricha, “Haqiqat dezinformatsiya va nafrat so‘zlari bilan tahdidga uchramoqda, haqiqat va fantastika, fan va fitna nazariyalari o‘rtasidagi chegaralarni buzishga harakat qilinmoqda. Ayni paytda jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari internetda ham, hayotda ham nishonga aylanmoqda. Ular muntazam ravishda taʼqib qilinadi, qo‘rqitiladi, hibsga olinadi”.

 

Taʼkidlanishicha, 2022 yilda 67 nafar OAV xodimi halok bo‘ldi. Bu 2021 yilga nisbatan 50 foizga ko‘pdir. Ayol jurnalistlarning deyarli to‘rtdan uch qismi onlayn zo‘ravonlikni boshdan kechirdi va ularning har to‘rtdan biriga jismoniy tahdid qilingan. O‘n yil oldin Birlashgan Millatlar tashkiloti ommaviy axborot vositalari xodimlarini himoya qilish va ularga qarshi sodir etilgan jinoyatlarning jazosiz qolishini tugatishga mo‘ljallangan jurnalistlar xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha harakatlar rejasini boshladi.

 

Bosh kotib o‘z fikrini “Jurnalistlar haqiqatni himoya qilganda, dunyo ularning tarafida turadi”, degan so‘zlar bilan tugatgan.

 

OAV jamoatchilik fikrini chalg‘itmoqdami?

 

Rus yozuvchisi A. Chexovning “Oltinchi Palata” povesti yodingizdami? Bosh shifokor mansabini egallash maqsadida sodir etgan bosh shifokor o‘rinbosarining xatti-harakatlari axborot xurujini eslatmaydimi? Soppa-sog‘ odamni jinniga chiqarib, o‘zining qabih maqsadlariga erishgan bosh shifokor o‘rinbosari qilgan ishni hozir g‘arb OAV xodimlari bajarayotgandek.

 

Bir vaqtlar  Internetda o‘qigan g‘arb matbuotiga bag‘ishlangan latifaga siz ham eʼtibor qaratishingizni so‘rardim.

 

Parijga kelgan Rim papasini aeroportda kutib olgan jurnalistlar undan “Parijdagi fohishaxonalarga munosabatingiz qanday?” deya so‘rashadi. Shunda u “Nima, Parijda fohishaxonalar bormi?” deya savolga savol bilan javob beradi. Ertasi kuni gazetalarda “Rim papasi aeroportda “Parijda fohishaxonalar bormi?” deya so‘radi” sarlavhasi ostida maqola bosildi. Mana shu latifaning o‘ziyoq g‘arb matbuotida voqealar noto‘g‘ri talqin qilinishini, so‘zlar matndan sug‘urib olinishini anglatadi.

 

Shu o‘rinda yana bir latifa. AQSH ko‘chalarida sayr qilib yurgan bir qizga it hujum qilibdi. Voqeaga guvoh bo‘lgan bir yigit qizni himoya qilish maqsadida itni o‘ldiribdi. Ertasi kuni gazetalar “Amerikalik qahramon yigit qizni qutqarib qoldi” degan sarlavha ostida maqola eʼlon qiladi. Yigit “men bu mamlakat fuqarosi emasman” deydi. Gazetalar “Xorijlik mard yigit vatandosh qizimizni qutqardi” deyishadi. Shunda yigit “kechirasizlar men arabistonlik musulmonman” deb aytadi. Endi gazetalar “Islomiy terrorchi begunoh kuchukni urib o‘ldirdi…..” deya urg‘uni qizning qutqarilishiga emas, itning o‘ldirilishiga berishadi.

 

Mana shu latifalarning o‘ziyoq jamoatchilik fikrini chalg‘itishga urinish ommaviy axborot vositalari qo‘li bilan amalga oshirilayotganini ko‘rsatmoqda.

 

Axborot xavfsizligi har bir davlat milliy xavfsizligining tarkibiy qismidir

 

Davrimiz xaqli ravishda axborot asri deb nomlanadi. Jahon yagona axborot maydoniga aylanib bo‘ldi. XX asr oxiri– XX1 asrga kelib esa dunyo butunlay o‘zgarib ketdi. Axborot-kommunikatsiya sohalari taraqqiyoti, geosiyosiy vaziyatning keskin o‘zgarishi kim axborotga ega bo‘lsa o‘sha jamiyatni boshqarishini ko‘rsatib qo‘ydi. Bu esa har qanday davlat va tuzumning oldida dolzarb muammoni keltirib chiqarmoqda. Axborot xavfsizligi har bir davlat milliy xavfsizligining tarkibiy qismidir. U davlat va jamiyatning barcha sohalaridagi milliy manfaatlarni ximoya kilishga qaratilgan bo‘lishi kerak. “Har qanday davlatning ommaviy axborot vositasi chet el taʼsiri ostida qolar ekan, jamiyat o‘z tarixiy ideallari, qadriyatlarini buzishga yo‘naltirilgan axborotlar og‘ushida qoladi”, deb yozgan edi amerikalik olim Lens Bennet. Hozirgi kunda jahondagi turli “kuch markazlarining” geosiyosiy qarama-qarshiligi “axborot makoni”ga ko‘chdi, degan gaplarda jon bor. Yaʼni oddiy so‘z bilan aytganda, axborot kimning qo‘lida bo‘lsa o‘sha xaq bo‘lib chiqmoqda.

 

Odamlar ongini, dunyoqarashini yot g‘oyalar taʼsiriga bo‘ysundirishga intilish holatlari aynan matbuot orqali amalga oshirilayotgani tashvishlidir. Internetdagi ijtimoiy sahifalar ham nafratga qaratilgan daʼvatlarga qarshi kurashishi lozim.

 

Odamlar dunyoqarashini u yoki bu g‘oyalar taʼsiriga bo‘ysundirishda molparast, shuhratparast va amalparast kuchlar o‘z maqsadlariga erishish, dunyoni o‘z hohish irodalariga bo‘ysundirishda foydalanmoqda. Bugungi kunda xalqaro maydonda turli siyosiy kuchlar o‘zlarining milliy va strategik rejalariga erishish uchun eramizdan avvalgi 6-asrda yashab o‘tgan faylasuf va harbiy arbob Sun Szi yozganidek, xoin va sotqinlardan foydalanishmoqda. U o‘z sarkardalariga, “eng qabih va razil odamlar bilan hamkorlikdan foydalaning”, deb maslahat bergandi. Siyosiy kuchlarning uzoqni ko‘zlagan asl maqsadlarini o‘z vaqtida sezish va anglash katta ahamiyatga ega. Eʼlon qilinmagan axborot urushlarining zamirida yolg‘on axborot tarqatish, ijtimoiy ongini egallash, milliy va madaniy qadriyatlarni yo‘q qilish, turmush tarzimizga yot va begona qadriyatlarni singdirish maqsadi yotgani aniq. Bundan ogoh bo‘lishimiz kerak.

 

Xorij teleko‘rsatuvlarini ko‘rayotganda, Internetni titkilayotganda shu kabi ilk tassavurlarga aldanib qolmasligimiz, farzandlarimizga ham shu narsalarni tushuntirishimiz kerak.

 

Ayrim hollarda OAV odamlarga salbiy taʼsir ko‘rsatishidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Buni biz dunyoda yuz berayotgan hodisalarning noto‘g‘ri talqin qilingan holda yoritilayotganidan ko‘rib bilib turibmiz. Jurnalistlar va mediaxodimlari nafaqat ish beruvchilar va bozor oldida, balki jamiyat oldida ham masʼuliyatni xis qilishlari, demokratiyani haddan oshish deb tushunmasliklari kerak. Erkinlikka intilish har bir jurnalist oldida turgan vazifa, ammo chegarani bilishi shart.

 

Media jamiyat oldida o‘z zimmasiga maʼlum bir majburiyatlarni olishi kerak. Bu majburiyatlar axborot tarqatishda halollik va adolatni talab qiladi. Media jinoyatchilikni, zo‘ravonliklarni, targ‘ib qilmasligi, fuqarolarning huquqlarini kamsitmasligi zarur. Bu matbuot erkinligini cheklashni anglatmaydi. Shu o‘rinda “erkinlik istab” yo‘l transport qoidalarini buzgan haydovchi keltirgan noxush hodisani misol sifatida keltirish mumkin.

 

Finlarda “deraza oynasini jurnalistlar sindiradi, uni hukumat qayta o‘rnatadi” degan gap bor ekan. Istardikki, hamkasblarimiz mana shu oynani – to‘g‘rirog‘i insonlarning ko‘ngil oynasini sindirmasinlar. Ko‘ngil oynasini qayta tuzatish hech kimning qo‘lidan kelmaydi.

 

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, ko‘zni kattaroq ochib, yon atrofimizda bo‘layotgan voqea-hodisalarni teranroq anglasak, ayni muddao bo‘lardi. Biz bugun qanday shiddat bilan o‘zgarayotgan va rivoj topayotgan, ilgari uchramagan, yechimi o‘ta og‘ir va murakkab bo‘lgan turli-tuman muammolarni tug‘dirayotgan XXI asrda yashayotganimizni hech yoddan chiqarmasligimizni istardim.

 

   Sharofiddin  To‘laganov 

 

custom img

2025-yilda dunyo bo‘ylab rekord darajada jurnalistlar o‘ldirildi — CPJ

104 nafar jurnalist harbiy mojaro hududida o‘ldirilgan, 86 nafari Isroil mudofaa kuchlariga to‘g‘ri keladi.

custom img

Xo‘jali genotsidi: tarix sabog‘i va adolat talabi

Xo‘jali qirg‘ini Armaniston tomonidan uzoq yillar davomida Ozarbayjon Respublikasiga qarshi olib borilgan etnik tozalash va tajovuz siyosatining tarkibiy qismi bo‘lgan. Qirg‘in vaqtida 613 nafar kishi, jumladan 106 nafar ayol, 63 nafar bola va 70 nafar keksalar o‘ldirilgan, turli yoshdagi 1 000 nafar tinch aholi o‘q jarohatlari natijasida nogiron bo‘lib qolgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

Epshteyn fayllarida Trampga aloqador hujjatlar yo‘qolgan — CNN

Yo‘qolgan hujjatlar orasida Trampni jinsiy tajovuzda ayblovchi guvoh bilan bog‘liq 3 ta intervyular bo‘lgan.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"