Markaziy Osiyodagi yagona kaktus kolleksiyasi

Namanganda aynan kaktuslar bilan shug‘ullanadigan gulchi otaxon bor. Uning kolleksiyasida 1 200 dan ortiq kaktus turi mavjud.

Markaziy Osiyodagi yagona kaktus kolleksiyasi

 

Har bir hudud o‘ziga xos brendga ega. Masalan, Baxmal olmasi, Quva anorlari, Chust do‘ppilari, Marg‘ilon atlasi, Andijon oshi bilan (vahokazo) mashhur. Avvallari Namangan olmasi bilan dong taratgan edi. Keyinroq ushbu hudud giloslari dunyo bozorlarini zabt etdi. Namanganliklarning yana bir o‘ziga xosligi bor. Ular gul shaydosi. Qishin-yozin har bir xonadonda bahoriy kayfiyat hukmron. Yashillikdan bahri-dilingiz yayraydi.

 

Namangan bejizga gullar shahri deyilmaydi. Buning o‘ziga xos tarixi bor. XIX asrda Bobur nomli bog‘ o‘rnida Gulzor nomli mahalla bo‘lgan. Aholi gul yetishtirish, guldan qandolatchilik, asal olish bilan mashhur bo‘lgan. 1920 yilda Bobur bog‘i mahalliy hokimiyat ixtiyoriga beriladi va shu yerda gulchilikka asos solinadi. 1961 yilda esa ilk marotaba shu yerda “Gullar bayrami” o‘tkazilgan. 2019 yilda Prezident topshirig‘iga ko‘ra, gul bayrami Xalqaro gullar festivaliga aylandi. 

 

Har doim bir necha kungina bo‘ladigan gul bayrami 2022 yilda Xalqaro gullar festivali maqomini olgach, 15 kun davom etdi. Namanganning bog‘lari, ko‘cha-xiyobonlari turfa xil gullarga burkandi. O‘shanda Namangan tom maʼnoda, nafosat, go‘zallik, mehr-oqibat va orzu-umidlar shahriga aylandi.

 

Jo‘raxon aka Mo‘minov tabiatshunos inson mana 48 yildirki noyob gullardan biri — kaktuslar bilan shug‘ullanadi. Gul bayramlarini eng birinchi ishtirokchilaridan. 

 

“Men kaktuslarni 1965/70 yillar o‘rtalarida, bog‘dagi gul bayramini ko‘rganimdan keyin boshlaganman. U paytda — kaktus turlarini yetishtira boshlaganimda — talab edim. Gul bayramiga 1972 yildan beri qatnashaman.

Hozirda nomi bor kaktuslar 1 200 xil. Undan tashqari nomi aniqlanmaganlari ham talaygina. Shuning uchun ularni hisoblamayman. Chunki kolleksiyaga nomi bo‘lmasa kiritilmaydi. Hozir kaktus ishqibozlari juda ko‘p. Avvallari Gul bayramida odamlar: “ha, bu tikon gulku” deya kaktusga qiyo boqmay o‘tib ketardi. Har yili turli navlarini ko‘paytirib, obchiqaverganimdan hozir hamma Gul bayramida kaktuslarni oldida gavjum bo‘ladi. Kaktuslarni yil davomida ko‘paytirib boraman. Shu ko‘paytirganlarim bayramda bir dona ham qolmaydi, sotilib ketadi.

Kaktuslar gullaganda gugurt cho‘piga paxta o‘rab, changlantirib turilaadi: yaʼni otalik changlaridan onalik uchtunchasiga surkab qo‘yiladi. Shunaqa qilib urug‘lantiramiz. Agar kaktuslar ochiq havoda tursa hasharotlarni o‘zi changlantirib qo‘yadi. Urug‘i pishganda esa dehqonlar kabi hosilni yig‘ib olamiz va urug‘ini sepib, yangi kaktuslarni parvarishlaymiz.

Baʼzi bir kaktuslar bor. O‘zining vatanidagi ob-havoni xohlaydi. O‘shanda gullaydi. Masalan, mana bu kaktusni 51 yildan buyon boqaman, gullamaydi. Odamlar shundan topib ber deyaveradi. Men o‘sish nuqtasini kesib tashlayman. Shunda u bolalaydi. Shu yo‘l bilan ko‘paytiraman”, — deydi gulchi.   

 

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro gullar festivali arafasida 50 millionta gul yetishtirildi va ular ko‘chalar va maydonlarni bezamoqda. Bu yil Namangan shahri har qachongidan ham ko‘proq gulga burkanadi. Jo‘raxon aka kabi gulchilar festivalga astoydil taraddud ko‘rmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Tarixiy g’alaba: Javohir Sindarov muddatidan avval g‘alaba qozondi

20 yoshli Sindarov jahon chempioni unvoni uchun kechadigan bahsda Dommaraju Gukeshga qarshi o‘ynaydi.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"