O'zbekiston

Respublika ishchi guruhi Toshkentda: 726 nafar fuqaroning 753 ta masalasi ko‘rib chiqildi

Yigirmaga yaqin vazirlik va idora rahbarlaridan tashkil topgan ushbu guruh poytaxtning barcha tumanlarida o‘rganishlar olib borib, bugunga qadar 618 mingta xonadon sharoiti bilan tanishdi.

Respublika ishchi guruhi Toshkentda: 726 nafar fuqaroning 753 ta masalasi ko‘rib chiqildi

 

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika Ishchi guruhi Toshkent shahridagi faoliyatini davom ettirmoqda.

 

Yigirmaga yaqin vazirlik va idora rahbarlaridan tashkil topgan ushbu guruh poytaxtning barcha tumanlarida o‘rganishlar olib borib, bugunga qadar 618 mingta xonadon sharoiti bilan tanishdi.

 

 

Aholidan kelib tushgan murojaatlardagi muammolarni hal etish maqsadida qator amaliy ishlar bajarildi.

 

Jumladan, ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash uchun elektr taʼminotida 168,1 km yangi tarmoqlar tortildi, 43 ta transformator, 144 ta temir-beton tayanchlar o‘rnatildi, 6,8 km tarmoq tortish uchun transheya qazildi. Undan tashqari shahar bo‘yicha 32,0 km eskirgan ichimlik suv tarmoqlarini mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Markaziy bank tomonidan Olmazor tumani aholisiga qulay sharoitlar yaratish, kam taminlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalardagi hududlarni tartibga keltirish va boshqa rejalashtirilgan tadbirlar uchun jami 2,5 mlrd. so‘m miqdorida homiylik mablag‘lari ajratildi. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalardan 13 nafariga tijorat banklari tomonidan 30,9 mln. so‘m miqdorida homiylik yordami ko‘rsatildi.

 

Sog‘liqni saqlash, taʼlim, yoshlar masalalari ham Ishchi guruh eʼtibori markazida bo‘ldi. Xususan, 110 846 nafar fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Kasallik aniqlangan 4 877 nafar bemor shahar shifoxonalariga yotqizildi, 456 nafariga respublika muassasalarida davolanish uchun yo‘llanma berildi. 72 nafar bemorda yuqori texnologik amaliyot o‘tkazildi. 349 nafar fuqaroga nogironlik guruhi belgilandi.

 

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan Uchtepa tumani “Tepaqo‘rg‘on”, “Tinchlikobod”, “Diyorobod” mahallalari, “Lutfiy” sayilgohi, 2, 193, 297, 312-sonli umumtaʼlim maktablarida madaniy, sport tadbirlari tashkil etildi. “Katta Cho‘ponota” mahallasidagi sport maktabiga sport anjomlari topshirildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj 18 nafar oilalarga homiylik yordamlari ko‘rsatildi.

 

Bundan tashqari, Toshkent shahridagi Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan sektorlar rahbarlarining 84 ta ommaviy sayyor qabullari tashkil etildi. Qabullar davomida jami 726 nafar fuqarolarning 753 ta masalalari ko‘rib chiqilgan. 231 tasi ijobiy hal etilgan, 394 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan, 128 tasi qo‘shimcha o‘rganish uchun vaqt talab etgani sababli nazoratga olindi.

 

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.

 

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"