Yakshanba mutolaasi: Muhabbatga yetaklagan xudbinlik

Zamon.uz atoqli yozuvchi Odil Yoqubovning “Muqaddas” qissasini tavsiya etadi.

Yakshanba mutolaasi: Muhabbatga yetaklagan xudbinlik

 

O‘zbek nasrini atoqli yozuvchi, yorqin siymo Odil Yoqubov asarlarisiz tasavvur etish qiyin. Adib har bir asariga “toshbosar” darajadagi mazmunni yuklaydiki, o‘quvchi uning asarlaridan inson hayoti, ong-u shuuri uchun suv va havodek zarur bo‘lgan ozuqa oladi. Shu bilan birga, yozuvchi asarlarining tili nihoyatda sodda va ravon bo‘lib, bu o‘quvchini asarning tub mohiyatiga batamom sho‘ng‘ishiga yo‘l ochib beradi. Ana shunday asarlardan biri uni yozuvchi sifatida elga tanitgan qissasi “Muqaddas”dir.

 

Muallif qissada hayotning o‘zidan olgan zavqini, o‘z yurak dardini, hayajonlarini izhor etdi, o‘zi qalamga olgan hayotiy hodisalarni to‘laligicha — ziddiyatlari, chinakam nafosati bilan kitobxonga yetkaza oldi. Asarda ikki yoshning hayotdagi ilk mustaqil qadamlari, quvonch va tashvishlari nihoyatda samimiy hikoya qilingan. Eng muhimi, yozuvchi aytmoqchi bo‘lgan gap kitobxon ko‘ngliga hayajon soladigan darajada nazmiy tusda yo‘g‘rilgan. Asar o‘qishga hujjat topshirish uchun kelgan qiz va yigitning ilk uchrashuvidan boshlanadi, aynan mana shu uchrashuv ikkisining hayotida tub burilish yasashini esa kitobxon qissa so‘ngida bilib olishi mumkin.

 

Yozuvchi romanlaridagi umumiy bir sifat shundan iboratki, u shaxs psixologiyasining o‘rab turgan muhit xarakteri bilan murosa-madora qilmasligida oydinlashib boradi. Uning yaratgan qahramonlari jamiyat hayotida, kundalik turmushida ro‘y berayotgan nohaqliklar-u adolatsizliklar, ko‘zbo‘yamachiliklar-u firibgarliklarga qarshi murosasiz kurash olib boradi. Ayni tilga olganimiz — “Muqaddas”da ham ushbu qarama-qarshiliklar tizgini aks ettiriladi.

 

Oltmishinchi yillar yoshlarining sevimli asarlaridan biri bo‘lgan ushbu qissa muhabbat haqida, to‘g‘rirog‘i, fojiaviy sevgi haqida. Asarda chin muhabbat, poklik va halollik tarannum etiladi.

 

Qissa qahramoni Sharifjon muayyan bir vaziyatda o‘z irodasiga, eʼtiqodiga xilof xudbinlik ko‘chasiga kiradi, o‘zgalar manfaatiga zid bu xatti-harakat, avvalo, qahramonning o‘zi uchun noxushlik olib keladi, natijada eng aziz narsasi — sevgisidan, sevgilisidan judo bo‘ladi. Sharifjonning qing‘ir yo‘llar bilan sevgilisi Muqaddas o‘rniga o‘qishga kirib qolishi bir tasodif, ammo shu tasodif zamirida yozuvchi hayotning muayyan haqiqati, ziddiyati, falsafasini ko‘radi, yaʼni hayotda ko‘pchilik manfaatiga zid har bir xatti-harakat, avvalo, o‘sha odamning shaxsiy manfaatiga ham zid tushishini juda nozik va taʼsirchan ifoda etgan. “Muqaddas” yozuvchining bosh estetik, axloqiy prinsiplarini shakllantiruvchi asar sifatida ham qimmatlidir.

 

Xo‘sh, nega asar aynan “Muqaddas” deb nomlandi? Bu birgina bosh qahramon qizning ismi bilan bog‘liqmi? 

 

Yo‘q, yozuvchi asarda zo‘r ehtirom bilan ilgari surgan insondagi eng aziz, muqaddas tuyg‘ular – vijdon, diyonat, iymon-eʼtiqod, adolat g‘oyasini ham o‘zida ifodalaydi. Ayniqsa, muhabbatdek inja tuyg‘uni hech qanday hislar bilan taqqoslanmasligi, bu tuyg‘u bergan epkinni boshqa hech bir narsadan topib bo‘lmasligi kitobxon yuragiga qo‘rg‘oshindek quyiladi.

 

Adibning “Yozuvchining o‘zi halol, iymonli bo‘lishi kerak” degan so‘zlari o‘z asarlariga ham ko‘chgani shubhasiz. Asl ijodkor — so‘zi va amali bir bo‘lgan ijodkor ekanini hech bir zamon inkor etmaydi. Balki, shuning uchun ham yozuvchini “adolat kuychisi” deb atash o‘rinli bo‘lar.

 

Adib xudbinlik va adolatsizlik hukm surgan joyda muhabbat so‘nishi, hatto o‘lishi suratini go‘zal va hayotiy ranglarda chizgan. Shu boisdan “Muqaddas” qissasi bugungi kun uchun ham, kelajak uchun ham ibratli bo‘lib qolaveradi.

 

Kitobxon xulosasini topishidan avval esa o‘z qalbiga bir qur nazar tashlashi, bosh qahramonlar o‘rnida bo‘lganda qanday yo‘l tutishi kerakligi haqida bosh qotirishi, xulq-u xarakterini isloh qilib ko‘rishi lozim. Ana shundagina har kimning topgan xulosasi o‘ziniki bo‘ladi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Tarixiy g’alaba: Javohir Sindarov muddatidan avval g‘alaba qozondi

20 yoshli Sindarov jahon chempioni unvoni uchun kechadigan bahsda Dommaraju Gukeshga qarshi o‘ynaydi.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"