O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Urganchdagi IT-parkni borib ko‘rdi

Prezident u yerda yoshlar bilan suhbatlashgan.

Shavkat Mirziyoyev Urganchdagi IT-parkni borib ko‘rdi

 

Bugun, 31-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Xorazm filialini borib ko‘rdi.

 

15 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga barpo etilgan ushbu markaz yiliga 4 ming 500 nafar yoshni axborot texnologiyalari yo‘nalishida o‘qitish va IT xizmatlar ko‘rsatish quvvatiga ega. Bu yoshlarning zamonaviy mutaxassisliklarni egallab, o‘z yo‘lini topishida muhim omil bo‘lmoqda. Xususan, ushbu majmuada ham 250 nafar yigit-qiz ish bilan taʼminlangan.

 

Prezidentga IT-parkda amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi rejalar haqida maʼlumot berildi.

 

Bu yerda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda IT xizmatlarini eksport qilish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Maqsadlar ham shunga yarasha, joriy yilda eksport hajmini 3 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.

 

Shu yerning o‘zida IT-park rezidentlari, axborot texnologiyalariga sohasida faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan muloqot bo‘ldi. Ular o‘zlarining faoliyatlari haqida so‘zlab berishdi.

 

Davlat rahbari yoshlarning fikrlarini eshitib, takliflarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

 

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"