Sunʼiy ong insonlar o‘rnini bosa oladimi?

Hozirda ommalashayotgan ChatGPT chat-boti ortida turuvchi OpenAI kompaniyasi sunʼiy ong qaysi kasblarni egallashi mumkinligini hisoblab chiqdi. Bu raqamlar insonni hayratga solishi aniq.

Sunʼiy ong insonlar o‘rnini bosa oladimi?

 

Hozirda omalashayotgan ChatGPT chat-boti ortida turuvchi OpenAI kompaniyasi sunʼiy ong qaysi kasblarni egallashi mumkinligini hisoblab chiqdi. Bu raqamlar insonni hayratga solishi aniq.

 

Hatto shu tadqiqotni o‘tkazishda ham sunʼiy ong yordamidan foydalanildi. Tadqiqotchilar GPT-4 so‘nggi versiyasi, shuningdek, insonlar tajribasidan foydalanib, til podellarining AQSH mehnat bozoriga taʼsirini hisoblab chiqdi.

 

Olimlar o‘z xulosalari prognozlardan uzoq ekanini aytgan bo‘lsada, ular AQSHdagi mehnat kuchining 80%i o‘z professional vazifalarining 10%ini ChatGPT yoki boshqa sunʼiy ongga yuklashini aytmoqda.

 

Ayni paytda ishchilarning 19%ining kamida 50% vazifalari sunʼiy ongga yuklatiladi.

 

OpenAI, OpenResearch va Pensilvaniya universiteti olimlari "taʼsir doirasi" haqida gapira turib GPT‘da ishlovchi tizim insonning aniq bir vazifasini bajarish vaqtini kamida 50%ga qisqartirishini nazarda tutadi.

 

Xo‘sh, qaysi kasblar sunʼiy ong taʼsir doirasida?

 

Tadqiqot o‘tkazilayotganda ekspertlar va sunʼiy ong turli kasblarda taʼsir darajasini alohida baholadi. Til modeli 86ta kasbni to‘liq sunʼiy ong taʼsir doirasida, deb baholadi.

 

Mualliflar to‘liq taʼsir doirasida bo‘lish barcha vazifalar bu texnologiya yordamida to‘laligicha avtomatlashtirilishini bildirmasligini aytmoqda. Aksincha, ularning fikricha, GPT xodimlarning vazifani bajarishga ketadigan vaqtini sezilarli tejashi mumkin.

 

Insonlardan tashkil topgan ikkinchi guruh ekspertlari esa atiga 15 ta kasbni sunʼiy ongning maksimal taʼsir doirasida deb belgiladi.

 

Inson tadqiqotchilar fikrichа, quyidagi kasblar 100% xavf ostida:

 

— matematiklar;

— soliq mutaxassislari;

— moliyaviy va raqamli tahlilchilar;

— yozuvchi va mualliflar;

— veb-dizaynerlar va raqamli interfeys dizaynerlari.

 

Shuningdek, inson ekspertlar boshqa kasblarning ta'sirchanlik darajasini aniqlashdi:

 

— so‘rovnomalar natijalari tadqiqotchilari (84,4%);

— yozuvchi va mualliflar (82,5%);

— og‘zaki va yozma tarjimonlar (82,4%);

— jamoatchilik bilan aloqalar mutaxassislari (80,6%);

— zootexniklar (77,8%).

 

Sunʼiy ongning o‘zi qaysi sohalarni to‘liq egallamoqchi?

 

Til modellarining o‘zi quyidagi sohalarning 100% sunʼiy ong taʼsiriga tushishini taxmin qilgan:

 

— matematiklar;

— hisobchi va auditorlar;

— yangiliklar tahlilchisi, muxbir va jurnalistlar;

— huquqiy kotiblar va maʼmuriy yordamchilar;

— sog‘liqni saqlash tizimida maʼlumotlar menejeri;

— iqlim o‘zgarishi siyosati bo‘yicha tahlilchi.

 

"Kuzatuvlarimizga ko‘ra, kasblarning aksariyati u yoki bu darajada sunʼiy ong taʼsiriga tushgan. Shu bilan birga odatda maoshi yuqori bo‘lgan kasblar yuqori aralashuvni talab qiladi", — deydi tadqiqot mualliflari.

 

Ammo ular o‘z tadqiqotlarida bir qator cheklovlar bo‘lganini aytmoqda. OpenAI olimi Pamela Mishkin bu haqda o‘zining Twitter‘dagi sahifasida yozib qoldirgan:

 

"Zamonaviy GPT ko‘p narsani uddalaydi. So‘nggi yillarda biz ularning murakkab masalalarni kamroq misol bilan yechayotganini ko‘ryapmiz. Maqolada bu aniq bir model sifatida emas, balki tendensiya sifatida baholangan", — degan u.

 

Buning ustiga olimlar aynan qaysi kasblar qanday darajada vazifalarga bo‘linishi mumkinligini aniq aytmagan. Bu holatda kerakli malaka va ko‘nikmalar talab qilinishi omili ham ko‘zda tutilmagan.

 

1100 dan ortiq olimlar, muhandis va axborot texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar ochiq maktub yozib, butun insoniyat xavfsizligi uchun sunʼiy ongni o‘qitishni bas qilishga chaqirdi. Maktubni imzolaganlar orasida Ilon Mask, Stiv Voznyak va Stability AI bosh direktori Emod Mastak ham bor.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Tarixiy g’alaba: Javohir Sindarov muddatidan avval g‘alaba qozondi

20 yoshli Sindarov jahon chempioni unvoni uchun kechadigan bahsda Dommaraju Gukeshga qarshi o‘ynaydi.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"