O'zbekiston

Buxoroda 5 ta nodavlat MTT faoliyati to‘xtatildi

Ular noqonuniy yo‘l bilan davlat byudjeti mablag‘larini talon-taroj qilgan.

Buxoroda 5 ta nodavlat MTT faoliyati to‘xtatildi

 

Buxoro viloyatining G‘ijduvon va Romitan tumanlarida DXSH asosidagi hamda oilaviy nodavlat MTTlarning 5 tasining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Maktabgacha taʼlim agentligi xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, davlat MTTda tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilar go‘yoki YATT R.M. va  YATT J.Sh.lardagi ONMTT tarbiyalanuvchilari sifatida NMTTBAT orqali davomatdan o‘tkazilgan.

 

Davlat MTTda faoliyat olib borayotgan xodim xuddi shu ishlayotgan davlat MTTsidagi tarbiyalanuvchilarni o‘zi ochgan YATT M.D.dagi oilaviy NMTTdagi tarbiyalanuvchilar o‘rniga davomatdan o‘tkazgan.

 

YATT H.M.da faoliyat yuritayotgan tarbiyachi Sh.D. YATT N.S.dagi tarbiyalanuvchilarning tasvirini yuklab, go‘yoki YATT H.M.ning tarbiyalanuvchisi sifatida davomat qilganligi aniqlangan.

 

Agentlikka ko‘ra, Hukumat qarorlariga zid ravishda faoliyat olib borib, davlat byudjetidan subsidiyalarni noqonuniy yo‘llar bilan o‘zlashtirayotgan qo‘shtirnoq ichidagi ayrim tadbirkorlarning faoliyatiga qonuniy chora ko‘rish uchun huquq-tartibot organlariga to‘plangan hujjatlar yuborilmoqda.

 

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomning  33-bandida DXSH asosidagi MTT, shu jumladan, oilaviy MTT tomonidan bir bolaning maʼlumotlari NMTTBATga kiritilib, uning fotosurati o‘rniga boshqa bola (tarbiyalanuvchi)Ning fotosurati ushbu axborot tizimiga joylashtirilganligi va uning asosida davomati belgilanib kelinayotganligi aniqlanganda, mazkur tarbiyalanuvchi MTTga qatnagan barcha davri uchun to‘langan subsidiyalar summasi to‘liq Davlat byudjetiga undiriladi.

 

Ushbu holat aniqlangan oydan boshlab uch oy davomida subsidiya to‘lovlari mazkur DXSH asosidagi MTTga hisoblanmaydi va to‘lanmaydi. Bunday holat ikkinchi marta aniqlanganda ushbu DXSH asosidagi MTT bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim bekor qilinadi va qayta tuzilmaydi.

 

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"