O'zbekiston

O‘zbekistonliklar yana qachon uzoq dam oladi?

Prezident 2022-yil dekabr oyida rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va 2023-yilda dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan.

O‘zbekistonliklar yana qachon uzoq dam oladi?

 

Bu yil Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket to‘rt-besh kun dam oldi.

 

Hujjatda haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun 24-aprel (dushanba) qo‘shimcha ishlanmaydigan kun bo‘lishi aytilgan.

 

Bundan tashqari, 2023-yilda haftasiga 5 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni 29-aprel, shanba kunidan 24-aprel, dushanba kuniga ko‘chirildi.

 

Bu yil O‘zbekistonda Ramazon oyi 23-martdan boshlandi.

 

Ochiq manbalarga ko‘ra, Ramazon hayitini nishonlash 22-aprelga to‘g‘ri keladi.

 

Prezident 2021-yil fevral oyi boshida «O‘zbekistonda ichki va ziyorat turizmini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan edi. Hujjatga ko‘ra, asosiy bayram kunlarida o‘zbekistonliklar kamida uch kun dam oladi.

 

Shu tariqa, Ramazon hayitida o‘zbekistonliklar kamida uch kun dam olishi mumkin:

 

  • 2023-yil 22-aprel (shanba) - bayram kuni (hali rasman tasdiqlanmagan);

  • 2023-yil 23-aprel (yakshanba) - taqvim bo‘yicha dam olish kuni;

  • 2023-yil 24-aprel (dushanba) - qo‘shimcha dam olish kuni.

custom img

Toshkentda metro poyezdi eshiklari ochiq holda harakatlandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"