Farzandlar bilan birga tomosha qilish kerak bo‘lgan multfilmlar

Ilgari multfilmlar soni sanoqli bo‘lar va biz bolalar ularning hammasini bir necha martadan ko‘rib to‘ymasdik. Bugun esa ularning soni shunchalik ko‘payib ketganki, qaysi birini ko‘rishni bilmaysiz.

Farzandlar bilan birga tomosha qilish kerak bo‘lgan multfilmlar

 

Ilgari multfilmlar soni sanoqli bo‘lar va biz bolalar ularning hammasini bir necha martadan ko‘rib to‘ymasdik. Bugun esa ularning soni shunchalik ko‘payib ketganki, qaysi birini ko‘rishni bilmaysiz.

 

Albatta, bunday katta oqim ichidan bolaga qandaydir yaxshi g‘oyani tushuntirib beradigan ijobiy multfilmni topish mushkul. Bugun bizning nazarimizda ana shu vazifani uddalay olgan multfilmlar ro‘yxati bilan tanishtiramiz.

 

Etik kiygan  mushuk: so‘nggi istak, 2022 y. (AQSH)

 

Etik kiygan mushuk 9 tadan 8 ta jonini ishatib bo‘ldi. Ammo shunga qaramay, u sarflangan hayotlarini qaytarish uchun xavfli safarga otlanadi. Etik kiygan mushuk bu multfilm orqali bolalarga epchillik va zukkolik hayotda muvaffaqiyatga erishishga yordam berishini o‘rgatadi.

 

Balerina, 2016 y. (Fransiya, Kanada)

 

“Balerina” multfilmi yetim qiz haqida so‘zlaydi. U balerina bo‘lish orzusi ortidan Parijga keladi va mashhur balerinalar maktabiga kirmoqchi bo‘ladi. Ammo orzularga erishish u o‘ylaganchalik oson emas edi.

 

Multfilmning asosiy g‘oyasi inson faqat o‘ziga yoqadigan ish bilan shug‘ullanishi va maqsad sari harakatlanishda emas, balki haqiqiy maqsadlar haqidadir. Shuningdek, multfilm inson o‘zi qilayotgan ishdan boshi aylanib, boshqalarga past nazar bilan qaramaslik kerakligini uqtiradi.

 

Maxluqlar taʼtilda, 2012 y. (AQSH)

 

Graf Drakula boshchiligidagi yoqimtoy maxluqlar tashqi olamdan ajralgan mehmonxonada yashaydi. Drakula yakkayu-yagona qizini tashqi dushmanlardan himoya qilib voyaga yetkazadi, ammo ularning osuda hayoti bir kuni izdan chiqadi.

 

Multfilm bolaga insonni tashqi ko‘rinishdan kelib chiqib baholash noto‘g‘ri ekani, asosiysi, uning ichki go‘zalligi ekanini tushuntiradi. Shuningdek, oila inson hayotida muhim o‘rin tutishi multfilmning asosiy g‘oyasidir.

 

Smolfut, 2018 y. (AQSH)

 

Migo ismli qor odami tog‘dan insonlar dunyosiga tushadi. Bu yerda uni bir olam sarguzashtlar kutayotgan edi.  Ammo bir dunyo to‘siqlarni yengib, uyiga qaytganida ham uning hayoti avvalgidek bo‘lmaydi.

 

Bu multfilm tabiatga g‘amxo‘rlik qilish, jonivorlar, va umuman, har bir jonzodni qadrlashga o‘rgatadi. Shuningdek, do‘stlik, xiyonat, o‘zaro yordam berish va jasurlik haqida so‘zlaydi.

 

Dengiz maxluqi, 2022 y. (AQSH, Kanada)

 

O‘smir qiz dengiz maxluqlari ovchisining kemasida yashirinib oladi va natijada nomaʼlum joylarga sayohatga otlanadi. Tarixni qayta yozish va inson hamda maxluq o‘rtasidagi chegaralarni yo‘q qilish – multfilmning asosiy g‘oyasidir.

 

Koko siri, 2017 y. (AQSH)

 

12 yoshli Migel marhumlar saltanatiga o‘z kumiri – qo‘shiqchi Ernestor de la Krus bilan uchrashish uchun boradi.

 

Noodatiy multfilm yaqinlarni asrash, ular bilan o‘tkazilgan vaqtni qadrlash va qanchalik murakkab bo‘lmasada, orzularga intilish haqida so‘zlaydi.

 

Boshqotirma, 2015 y. (AQSH)

 

Rayli – oddiy o‘quvchi. Uning xulqini asosiy hislar – Quvonch, Qayg‘u, Qo‘rquv, Jahl va Irganish boshqaradi. Uning boshidagi bu odamchalar qizga hayotiy qiyinchiliklarni yengishda yordam beradi.

 

Multfilm inson turli hissiyotlarga boy ekani, ammo ulardan birortasi yetishmasa u boshqacha bo‘lib qolishini ko‘rsatadi. Shuningdek, boshqa insonning ichi ham xuddi biznikidek murakkab dunyodan iborat ekani va uning fikri va hislarini hurmat qilish kerakligini tushuntiradi.

 

Qumursqalar-2, 2018 y. (Fransiya, Gvadelupa)

 

Multfilm qahramonlari bo‘lgan qumursqalar xavf-xatarga to‘la o‘rmonda yashaydi. Kartina orqali bolalar qushlar va qumursqalar olamini o‘rganishi, shuningdek, zamonaviy dunyoning qator muammolari: o‘rmonlar qisqarishi, ekologik vaziyat yomonlashishi kabilar bilan tanishishi mumkin.

 

Uy, 2015 y. (AQSH)

 

O‘zga sayyoraliklar Yerni egallab, uning qoidalarini o‘zgartirishga kirishgan. Tuhfa ismli jasur qizcha bosqinchilardan qochib, onasini qidirishga kirishgan. Sayohati davomida u O ismli o‘zga sayyoralik bilan sulh tuzishga majbur bo‘ladi. Bu g‘ayrioddiy juftlik Yerni yana bir xavfdan qutqarishiga to‘g‘ri keladi.

 

Multfilm qahramonlari o‘zaro ishonch, vaʼdaga vafo, optimizm qanchalik muhim ekanini ko‘rsatib beradi.

 

Everest, 2019 y. (AQSH, Xitoy)

 

Qo‘rqinchli momiq maxluq tadqiqot laboratoriyasidan qochib ketadi. U uy tomi ostida yashab yurganida qizcha ko‘rib qoladi va do‘stlariga so‘zlab beradi. Bolalar maxluqni olimlardan qutqarishga kirishadi va bir talay sarguzashtlarni boshdan o‘tkazadi.

 

Multfilm davomida bolalar murakkab vaziyatda xarakterning yangi qirralari ochilishi va bir-biriga yordam berish qanday bo‘lishini kuzatadi. Shuningdek, multfilm abadiy qadriyatlar -  muhabbat, oila, insonlarning ruhan yaqinligini ham ko‘rsatib beradi.

 

Qahramonlar shahri, 2014 y. (AQSH)

 

Multfilmning asosiy qahramoni – eksperimental robot Beymaks. U quvnoq semizvoydan jangovar mashinaga aylana oladi.

 

Kartina bir qancha hayotiy masalalarni qamrab olgan, ammo ularning asosiysi do‘stlik, taʼlimning ahamiyati va doimiy rivojlanishdir.

 

Sharofat Mahmudova tayyorladi

 

custom img

2025-yilda dunyo bo‘ylab rekord darajada jurnalistlar o‘ldirildi — CPJ

104 nafar jurnalist harbiy mojaro hududida o‘ldirilgan, 86 nafari Isroil mudofaa kuchlariga to‘g‘ri keladi.

custom img

Xo‘jali genotsidi: tarix sabog‘i va adolat talabi

Xo‘jali qirg‘ini Armaniston tomonidan uzoq yillar davomida Ozarbayjon Respublikasiga qarshi olib borilgan etnik tozalash va tajovuz siyosatining tarkibiy qismi bo‘lgan. Qirg‘in vaqtida 613 nafar kishi, jumladan 106 nafar ayol, 63 nafar bola va 70 nafar keksalar o‘ldirilgan, turli yoshdagi 1 000 nafar tinch aholi o‘q jarohatlari natijasida nogiron bo‘lib qolgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

Epshteyn fayllarida Trampga aloqador hujjatlar yo‘qolgan — CNN

Yo‘qolgan hujjatlar orasida Trampni jinsiy tajovuzda ayblovchi guvoh bilan bog‘liq 3 ta intervyular bo‘lgan.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"