Qashqadaryoda “soqqa qilayotgan” tug‘uruqxona shifokorlari ishdan ketdi
Holat bo‘yicha vazirlik munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani tibbiyot birlashmasi shifokori tamagirlik qilayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, vazirlik mazkur holatni zudlik bilan o‘z nazoratiga olib, zarur chora-tadbirlarni belgilagan. Xususan, tug‘uruq bo‘limi akusher-ginekologi X.G. va doya N.N. ishdan bo‘shatilib, to‘plangan dastlabki hujjatlar huquqni muhofaza qilish idoralariga taqdim etilgan.
Ayni paytda vazirlik va huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.







