O'zbekiston

Bozorlarda 50 dan ortiq mahsulot texnik talabga javob bermasligi aniqlandi

Bu bo‘yicha 200 dan ortiq mahsulotlar sifat nazoratidan o‘tkazilgan.

Bozorlarda 50 dan ortiq mahsulot texnik talabga javob bermasligi aniqlandi

 

Bozorlardagi 51 ta mahsulotning texnik talablarga javob bermasligi aniqlandi. Bu haqda «O‘zA» axborot agentligi xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish: muammo va yechimlar” mavzuida konferensiya o‘tkazilgan.

 

Dastlab O‘zbekiston hamda xalqaro tashkilotlar rahbar va masʼullarining sohaga doir taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar reklamasi, reklama va to‘g‘ri marketing yondashuvining ahamiyati, moliyaviy xizmatlarda isteʼmolchilarning huquqlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.   

 

Taʼkidlanishicha, tovarlar xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish maqsadida muntazam ravishda chakana savdoda nazorat tadbirlari hamda ularni ekspertizadan o‘tkazish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. 

 

Shunga ko‘ra, jami 242 nomdagi (50 turdagi) mahsulotlarning nazorat xaridi amalga oshirilib («Sifat nazorati» teleko‘rsatuvi bilan hamkorlikda), ularni ekspertizadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, 51 nomdagi mahsulotlar normativ-texnik hujjatlar talablariga javob bermasligi aniqlangan.  

 

Konferensiyada Germaniya tashkiloti bilan hamkorlikda oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “Moliyaviy savodxon yosh isteʼmolchi” onlayn olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi.  

 

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"