O'zbekiston

“Navro‘z” ansambli Italiyadagi festivalda g‘olib bo‘ldi

Ular “Oltin ibodatxona” maxsus sovrinini qo‘lga kiritdi.

“Navro‘z” ansambli Italiyadagi festivalda g‘olib bo‘ldi

 

Italiyaning Agrijento shahrida o‘tkazilgan 75-Mandorlo in fiore (“Bodom gullaganida”) jahon xalqlari madaniyati va folklor festivali yakuniga yetdi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, festival ishtirokchilarining musiqiy chiqishlari “Eng yaxshi musiqiy ko‘rinish”, “Eng yaxshi milliy liboslar”, “Eng yaxshi raqs namoyishi” yo‘nalishlari bo‘yicha baholangan.

 

Unda ishtirok etgan O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “Navro‘z” ashula va raqs ansambli jamoasi hamda O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovadan iborat Madaniyat va turizm vazirligi ijodiy guruhi festivalda ishtirok etgan Qirg‘iziston, Hindiston, Janubiy Koreya, Yaponiya, Gruziya, Bolgariya, Ispaniya, Fransiya, Panama, Meksika kabi 40 ga yaqin davlatlar hamda mingga yaqin ishtirokchi vakillar orasida o‘z chiqishlari, ijro etilgan raqslari hamda milliy liboslari bilan eng yaxshi guruh sifatida eʼtirof etilib, Gran-pri sohibiga aylangan. Hamda maxsus “Oltin ibodatxona” sovriniga sazovor bo‘lgan. 

 

Shuningdek, o‘zbekistonlik sanʼatkorlar “Jurnalistlar eʼtirofi” nominatsiyasida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

 

75-Mandorlo in fiore jahon xalqlari madaniyati va folklor festivali Italiyaning Sitsiliya viloyati Agrijento shahrida har yili o‘tkaziladigan festival bo‘lib, bir necha yillik karantin cheklovlardan so‘ng yana qayta o‘tkazilmoqda.  

 

Mazkur sanʼat bayramida O‘zbekiston vakillari ilk bora ishtirok etib, hakamlar va 50 ga yaqin davlatdan tashrif buyurgan tomoshabin, jurnalist va sanʼatshunoslarning eʼtirofiga sazovor bo‘lgan.  

 

Festival o‘ziga xos go‘zallik, sanʼat, borliq uyg‘onishiga bag‘ishlangan yirik madaniy tadbir sanaladi. Dastlab u mahsulotlar yarmarkasi sifatida o‘tkazilgan bo‘lsa, 1937 yildan buyon Agrijento shahrida doimiy tarzda dunyo xalqlarining sanʼatini namoyish etuvchi, tinchlik, birodarlik va do‘stlikka chorlovchi bayram sifatida o‘tkazilib kelinmoqda.

 

custom img

Shifokorlar shafqatsiz muomala faktlarini hujjatlashtirishga o‘qitildi

13–14-aprel kunlari Xiva shahrida “Istanbul bayonnomasiga muvofiq qiynoqqa solish va shafqatsiz muomalaning boshqa turlarini sud-tibbiy hujjatlashtirish” mavzusida ikki kunlik trening bo‘lib o‘tdi.

custom img

“Kabar” agentligining O‘zbekistondagi muxbiri To‘lanboy Qurbonov vafot etdi

U 2003 yildan buyon xorijiy muxbir sifatida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni xolis va tezkor yoritib kelgan.

custom img

O‘zbekiston Belarusdan 4 ming gektar ekin maydonini ijaraga oladi

Ushbu yer maydonida ming bosh qoramol parvarishlash rejalashtirilgan.

custom img

Alimentdan qarzdor jizzaxlik ota Toshkentdan topildi

Uning aliment qarzdorligi 60 mln so‘mdan ortiqni tashkil etgan bo‘lsa-da, majburiyatini bajarmay kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tadbirkorlar 1 oy ichida jarimaning yarmini to‘lasa, qolganidan ozod qilinadi

Sud tomonidan jarima qarori bekor qilinsa yoki haqiqiy emas deb topilsa, undirilgan pullar qaytariladi.

custom img

O‘zbekistonda taniqli bloger otasi sirli o‘lim topganini aytmoqda

Holat yuzasidan prokuratura surishtiruv boshladi.

custom img

Chorvoqda qurilish chiqindilari bog‘liq 100 dan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Reydlar davomida jami 401 tonna turli xil chiqindilar maxsus poligonlarga olib chiqib ketilgan.

custom img

Ayollar jurnalistikasi yanada faollashadi

O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi qoshidagi  “Jurnalist ayollar kengashi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

“Navro‘z” ansambli Italiyadagi festivalda g‘olib bo‘ldi