O'zbekiston

Tashqi mehnat migratsiyasi Koreyada ishlash istagida bo‘lganlarga muhim eslatma bilan chiqdi

Shuningdek, agentlik axborot xizmati rahbari Koreyada ishlash masalasi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan savollarga ham javob berdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi Koreyada ishlash istagida bo‘lganlarga muhim eslatma bilan chiqdi

 

 

2023 yilda tashkil etiladigan EPS-Topik test imtihonida ishtirok etish maqsadida joriy yil 6-9 fevral kunlari labormigration dasturiy majmuasida 24 942 nafar nomzod ro‘yxatdan o‘tgan.

 

Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatga asosan nomzodlarning 9 000 nafari uchun koreys tilidan EPS-Topik test imtihoni joriy yil 14 martdan 7 aprelgacha bo‘lib o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tgan qolgan nomzodlar uchun o‘tkaziladigan test imtihoni to‘g‘risida qo‘shimcha maʼlum qilinadi.

 

Imtihon Toshkent shahri Yangihayot tumani Lutfikor ko‘chasi 33-uyda o‘tkaziladi.

 

Nomzodlardan quyidagi hujjat va maʼlumotlar talab etiladi:

 

Birinchisi, xorijga chiqish pasporti;

Ikkinchisi, 3,5 X 4,5 hajmdagi oq fonli va rangli 2 dona fotosurat.

 

Nomzodlar ro‘yxati labormigration dasturiy majmuasida eʼlon qilingan.

 

Shu bilan birga, imtihonda ishtirok etuvchi nomzodlarni ogohlantirib o‘tamiz.

 

1. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan, belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan nomzodlar imtihonga kiritilmaydi.

2. Nomzodlar imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelishi va ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

3. Inson resurslarini rivojlantirish xizmati shartlariga ko‘ra, EPS-Topik test imtihoni takror yoki qayta appelyatsiya tarzida o‘tkazilmaydi.

5. Elektron vositalar, xususan, mobil telefon, elektron soat, shpargalka kabilardan foydalanish qatʼiyan man etiladi.

6. Inson resurslarini rivojlantirish xizmati talablariga muvofiq, EPS-Topik test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 3 yil davomida testda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

 

Imtihon vaqtidagi har bir nojo‘ya harakatlar videokuzatuv kamerasi orqali aniqlanib boriladi.

 

Imtihon haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rasmiy axborot kanallari orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlardan boshqa xabarlarga ishonmaslik, vositachi shaxslar “xizmatlari”dan foydalanmaslik, turli to‘lovlarni amalga oshirmaslik so‘raladi.

custom img

Toshkentda metro poyezdi eshiklari ochiq holda harakatlandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"