Yakshanba mutolaasi: O‘limga mahkum muhabbat

Zamon.uz O‘lmas Umarbekovning "Odam bo‘lish qiyin" qissasini tavsiya etadi.

Yakshanba mutolaasi: O‘limga mahkum muhabbat

 

O‘zbek adabiyoti durdona asarlarga boy. Ularning salmog‘i esa ayni o‘sib kelayotgan yosh avlodga saboq bera olish bilan o‘lchansa ajab emas. O‘tgan asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek nasri rivojida O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘lmas Umarbekovning o‘ziga xos o‘rni bor.

 

Uning yoshlar hayoti, maʼnaviy-axloqiy muammolari, insonlarning murakkab munosabatlari haqida yaratilgan roman, qissa va hikoyalari bugun ham sevib o‘qiladigan asarlardir. Ana shunday romanlardan biri "Odam bo‘lish qiyin" deb nomlanadi.

 

Romanni xarakterlashdan avval uning nima haqida ekaniga nazar tashlash maʼqul.

 

Asar muhabbat va uning ortidan keladigan qalb isyonlari haqida. U xoh pok tuyg‘ularni tarannum etgan muhabbat, xoh manfaatlarga yo‘g‘rilgan rishtalar bo‘lsin, buni har kim o‘zicha tushunadi va izohlaydi. Asar bosh qahramonlar Abdulla va Gulchehraning tuyg‘ulari ustiga quriladi. Garchi asar syujeti takrorlansa-da, bu yerda yozuvchi kitobxonni boshqa bir tuynuk orqali manzilga olib boradi. Deylik, qiz va yigit bir-birini sevdi, lekin yigit boshqasiga uylanib ketdi. Qiz esa o‘z joniga qasd qildi. Asarda yozuvchining o‘zbek o‘quvchisiga tushuntirmoqchi bo‘lgani bu emas, buning ortidagi isyonlar, og‘riqlar, iztiroblar...

 

O‘lmas Umarbekov o‘quvchini qator savollar bilan qamrab oladi, nega bunday bo‘ldi?

 

Ikki qalb bir-birini sevsa-yu, ularga to‘sqinlik qilishsa?! Adib bu o‘rinda hayotning odamzod istamagan qonun va qarorlari borligidan o‘quvchini ogoh etadi, baʼzan bu  savollarning javobi yo‘qligini bot-bot uqtiradi. Kimlarningdir gardaniga esa ana shunday qismat bitilishi mumkinligidan ogoh etadi.

 

Odam bo‘lish nima o‘zi? U nima bilan o‘lchanadi?

 

"Odam bo‘lish"- kimningdir diliga ozor bermaslik bilan izohlansa, kimdir uni mutlaqo boshqacha tushunadi. Yozuvchi nazdida esa u erkakcha mardlik, or-nomus va vijdon bilan ataladi. Bu kitob insonni behisob ichki konfliktlarga olib keladi, lekin aynan shunaqa aql va yurak, vijdon va shaxsning behisob bahslari natijasidagina “odam bo‘lish” mumkin.

 

Xulosani to‘liqroq yasaymiz. Syujet siyqasi chiqqandek ko‘rinar, biroq O‘lmas Umarbekov hamma davrda ham takrorlanishi mumkin bo‘lgan voqelarni qalamga olgan. Bu zamondosh yoshlarning har 100 tadan o‘ntasida sodir bo‘layotgan jarayon. Asarning bebaholigi ham shunda, roman maishiy mavzular bilan bog‘liq hodisalarni yoritish bilan birga, yoshlarga tuyg‘ularni tuyg‘ulardan farqlash kerakligini o‘rgatadi, asl mohiyat nimada ekanini anglatishdan dars beradi. Asarning aktual muammolar bilan chambarchas ekani ham shunda emasmi?!

 

Bu muhabbat so‘ngida nomusi toptalgan va jismida ikkinchi yurak urayotgan Gulchehra o‘zini halok etdi, sevgi o‘limga mahkum etdi. Ota-onasi izmidan chiqolmagan Abdulla esa butun umrini o‘zi ko‘ngil qo‘ymagan ayol bilan birga o‘tkazishga majbur. Yigitning vijdon azobida kuyib o‘tishini adib tasvirlaridan sezish qiyin emas. Yozuvchi asar so‘ngida o‘quvchiga savollar qoldiradi: muhabbat u uchun kurasha olish bilan o‘lchanadimi? Asl o‘limga kim duchor bo‘ldi - Gulchehrami yoki Abdulla?

 

Jumboqlarga javob topish esa birgina o‘quvchi zimmasidagi vazifa. Toki so‘nggi qarorni kitobxonni o‘zi chiqarsin.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Tarixiy g’alaba: Javohir Sindarov muddatidan avval g‘alaba qozondi

20 yoshli Sindarov jahon chempioni unvoni uchun kechadigan bahsda Dommaraju Gukeshga qarshi o‘ynaydi.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"