O'zbekiston

Respublika ishchi guruhi: o‘z yechimini topayotgan muammolar

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Navbatdagi manzil Andijon viloyati.

Respublika ishchi guruhi: o‘z yechimini topayotgan muammolar

 

Ishchi guruh tarkibiga Xalq qabulxonalari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi masʼul xodimlari, 18 ta respublika vazirlik va idoralari, viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar masʼullari jalb etildi.

 

Respublika ishchi guruhi viloyatning barcha tuman va shaharlarida “Oqqo‘rg‘on tajribasi” asosida aholi kayfiyatiga salbiy taʼsir qiluvchi omillarni o‘rganish, dolzarb va yechimini kutayotgan muammolarni xonadonbay, Mahallabay hal etish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda.

 

Jumladan, guruh faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida bevosita aholi murojaatlaridan kelib chiqqan holda 2022 yil 25 oktyabrida qabul qilingan “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorining ijrosini taʼminlash belgilangan.

 

O‘rganishlar davomida mazkur qaror ijrosi bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan qator kamchiliklar va bajarilmagan ishlar aniqlandi.

 

Xususan, viloyat bo‘yicha rejalashtirilgan baʼzi ijtimoiy soha obyektlarning qurilish ishlari boshlanmaganligi, taʼmirlanishi rejalashtirilgan ichki yo‘llar, joylarda ichimlik suvi taʼminoti, yangi elektr tarmog‘i tortish va qo‘shimcha gaz quvuri o‘tkazish kabi muhim yo‘nalishlarda kamchiliklar aniqlandi.

 

Misol uchun, Ulug‘nor tumani “Yangiobod” mahallasi hududida temir-beton ustunlar o‘rnatilganiga 2 yildan ortiq muddat o‘tgan bo‘lsa-da, elektr kabeli tortilmagan, oqibatda 100 dan ortiq aholi xonadonlarining elektr taʼminotida uzilishlar yuzaga kelmoqda. Bo‘ston tumanida A373 “Toshkent-O‘sh” xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘lining  45 km qismini taʼmirlash ishlari 10 yildan buyon yakuniga yetkazilmagan. Izboskan tumani “Iftixor”mahallasi Zamondosh ko‘chasida 2,8 km suv quvurining tortilishi uchun 2 mlrd. so‘mlik loyiha hujjatlari rasmiylashtirilgan. Biroq, bugungi kunga qadar mablag‘ ajratilmagan va boshqalar.

 

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, Respublika ishchi guruhi tomonidan qator amaliy ishlar olib borildi. 

 

Xususan, joylarda ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash  bo‘yicha 7,8 km yo‘l taʼmirlandi, 2 dona yangi transformator o‘rnatildi, 24 ta temir-beton tayanchlar o‘rnatildi, yangi elektr tarmog‘i tortilmoqda. Ichimlik suvi taʼmingotini yaxshilash borasida 54 ta mahallada 18,1 km tarmoq totildi, Jalaquduq tumani “Xasanqovoq” mahallasi va Izboskan tumani “Iftixor” mahallasida suv minoralari taʼmirlandi.

 

Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ham Respublika ishchi guruhi eʼtibor markazida bo‘lib qolmoqda.

 

Viloyatda 2 420 nafar fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘riklarda aniqlangan 73 nafar bemorlar hududiy shifoxonalarga yotqizildi, 28 nafariga viloyat shifoxonalariga order berildi. Shaxrixon tumanida 4 nafar bemorda yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bundan tashqari, 14 nafar kam taʼminlangan oilalarga zarur oziq-ovqat mahsulotlari, 31 nafariga kiyim-kechaklar bepul yetkazildi.

 

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"