Pul topib aql topmaganlar yoxud “tepkilanayotgan” maʼnaviyat

Soxta obro‘ ortidan quvish bizga yarashmaydi.

Pul topib aql topmaganlar yoxud “tepkilanayotgan” maʼnaviyat

 

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yana eski dard qo‘zg‘aldi. To‘ylarda mashhur xonandalar ustidan “pul sochish” marosimi tag‘in modaga aylandi.  Yana bu kabi illat tez-tez uchraydigan bo‘lib qoldi. Hatto bunaqalarni ko‘raverib, ko‘nikib ketganimizdan unchalik ahamiyat ham bermay qo‘ydik. Xo‘sh, bu illatdan maqsad nima? O‘zini ko‘z-ko‘z qilishmi? Tayyor, taxlanib turgan pulni yer bilan bitta qilib sochib, boshqalarni uni terib olishga majbur qilishning qandaydir gashti bormi? Maqsad — bundan obro‘ olish bo‘lsa, buning nimasi obro‘? Agar bu to‘yning egasiga hurmat bo‘lsa, yaxshisi o‘sha pulni to‘yona qilib, to‘y sohibining o‘ziga bergan yaxshi emasmi? To‘y sohibi xohlasa sanʼatkorga beradi, xohlasa boshqa ehtiyojiga ishlatadi.

 

Besh qo‘l barobar emas

 

Kuni kecha vodiyda bo‘ldim. Farg‘ona viloyatining Buvayda tumaniga kechki soat 20:30 lar atrofida yetib bordik. Chor-atrofni zulmat qoplagan (“svet” yo‘q), toza havodan nafas olay desangiz, ko‘mirning achchiq hidi dimog‘ingizga uriladi. Erta tongdan o‘tin yorayotgan bolta ovozi eshitiladi. Hayot qizg‘in, hamma qishdan eson-omon chiqish ilinjida: ko‘mir va o‘tinni tejab ishlatadi. Odamlar qora qozoni qaytab turganidan xursand.

 

...Ovsinim xafa bo‘lib gapirib qoldi. o‘g‘lini ingliz tili to‘garagiga bergan ekan (oylik to‘lovi 150 ming so‘m), ammo haftada 3 kun tuman markaziga qatnash uchun yo‘l haqining o‘ziga bir marta darsga borib kelishi uchun 10 ming so‘m ketayotgani va qishloq sharoitida bunga juda qiynalayotgani, sharoiti ko‘tarmagani uchun to‘garakdan chiqarib olishini aytdi.

 

Ikkita qarindoshimiz to‘y qildi. Ixcham, kamxarj, isrofgarchiliklardan yiroq to‘yga guvoh bo‘ldim. Kuyov tomon kelinning mebeliyu-pardalarini o‘zi qilibdi. Avvalgidan ko‘ra qishloq to‘ylariga tartib “kiribdi”. Xullas bir hafta chekka qishloqdagi odamlarning turmushi, tuprog‘i bilan yaqindan tanishib, oz bo‘lsa-da ularning dardini tanamda his qilgandek bo‘ldim.

 

Illatning og‘ir yuki

 

Otarchi yoki biror mashhur sanʼatkorning ustidan pul sochish yoki pul qistirish amalini qilayotganlar buni o‘sha sanʼat ahliga nisbatan ko‘rsatilgan hurmat, izzat va ikrom sifatida xaspo‘shlashsa-da, aslida esa bu ochiqdan-ochiq riyokorlikning yaqqol namunasi.

 

Agar o‘sha sanʼat ahliga hurmat, izzat va ikrom ko‘rsatish kerak bo‘lsa, pullarini omma ko‘z o‘ngida oshkora ravishda, ustidan sochib yoki qistirib namoyish etmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘ziga berib qo‘ya qolsa ham bo‘ladi. Lekin ayrimlar negadir bu ishni omma oldida ko‘rsatib bajarishni o‘ziga ep ko‘ryapti.

 

Baʼzida narx-navoning oshishidan norozi bo‘lamiz, yozg‘iramiz. Ammo narx-navoning oshishiga mana shunday yerga nonni chaplab, osmondan pul sochishimiz ham sabab emasmikan? Axir xalqning to‘ylarda bunday dabdababozlik qilayotganini ko‘rganlar xalq qiynalyapti desa ishonadimi? Yo‘q, albatta.

 

Tan olish kerak, ayrim pul topib aql topmagan, maʼnaviy saviyasi past kimsalar to‘y-hashamlar, maʼrakalarni o‘tkazish bo‘yicha musobaqa o‘ynab, turli-tuman yangi odatlarni o‘ylab topmoqda. Bularni eshitib, baʼzan odam hayratdan yoqasini ushlaydi. Turli marosimlar ortda qolib, taniqli xonandalar boshidan pul sochilyapti. Achinarlisi, sochilgan pullarni hali aqlini tanib ulgurmagan bolalar terib olyapti. Bu sharmandalikdan o‘zga narsa emas. Bugun to‘ylarda sochilgan pullarni terayotgan avlod ertaga kim bo‘ladi? Bu bilan biz o‘sib kelayotgan yoshlarga oson pul topishni o‘rgatyapmizmi yoki boqimandaliknimi? Aslida, jamiyatimizdagi bu illatni yo‘q qiladigan vaqt allaqachon kelgan. Biroq hafsala qilmayapmiz, xolos. To‘ylarda pul sochayotgan odamga “to‘xta, bu illatga chek qo‘yaylik, isrofgarchilikning ham chegarasi bor”, deyolmayapmiz. Illatning bu og‘ir yukidan qutulolmas ekanmiz, jamiyat tubanlik qarshisida ojiz qolaveradi.

 

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"