O'zbekiston

O‘qituvchilardan “komissiya uchun” pul yiqqan direktor ishdan olindi

Hozirda holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.

O‘qituvchilardan “komissiya uchun” pul yiqqan direktor ishdan olindi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanidagi 21-sonli umumtaʼlim maktabi direktori P.A. o‘zi Toshkent shahrida bo‘la turib, “komissiya uchun” degan vaj bilan o‘qituvchi va texnik xodimlardan 20 ming so‘mdan pul yig‘dirgani haqida xabar tarqaldi. Tuman prokuraturasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.

 

Aniqlanishicha, joriy yilning 10 fevral kuni maktab direktori P.A.ning topshirig‘iga asosan, maktab o‘qituvchisi D.R. tomonidan 16 nafar o‘qituvchidan 320 ming so‘m yig‘ib olingan va direktorga berilgan. Direktorning o‘zi esa 18 nafar o‘qituvchidan 360 ming so‘m yig‘ib olib, jami 680 ming so‘m pul yig‘ilgan.

 

Maktab direktori p.A. o‘z ko‘rsatmasida ushbu pullar maktabdagi bannerlarni yangisiga almashtirish uchun yig‘ilganini, yig‘ilgan pullar amalda hech qayerga ishlatilmasdan, o‘qituvchilarga yana qaytarib berilganini bayon qilib o‘tgan.

 

Bir guruh o‘qituvchilar pullarni yig‘ilish sabablari haqida p.A. bergan ko‘rsatmalarni tasdiqlashgan, bir guruhi esa yig‘ilgan pullar kelgan komissiyani tushlikda ovqatlantirish bahonasida yig‘ilganligini bayon qilishgan. 2023 yil 24 fevral kuni P.A. o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan va shunga asosan lavozimidan ozod qilingan.  Hozirda tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.

 

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"