O'zbekiston

DXX prokuratura, sud, milliy gvardiya va advokatura xodimlarini qo‘lga oldi

Ular Sirdaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlarida masʼul lavozimlarda ishlayotgan bo‘lgan.

DXX prokuratura, sud, milliy gvardiya va advokatura xodimlarini qo‘lga oldi

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda viloyat prokuraturasi noziri firibgarlik yo‘li bilan mahalliy fuqarodan 10 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.

 

Aniqlanishicha, nozir o‘zining tanishlari imkoniyatlari orqali uni Navoiy shahar hokimligi uy-joy va yotoqxonalardan foydalanish boshqarmasi tasarrufidagi yotoqxonalardan biriga navbatsiz joylashtirib qo‘yishni vaʼda qilgan.

 

▪️Jinoyat ishlari bo‘yicha Do‘stlik tuman sudining xodimi esa Sharof Rashidov tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs bilan birga, Jizzax shahrida yashovchi fuqaroning nikohdan ajratish haqidagi daʼvosini fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ishlaydigan tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 4 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 2 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida DXX va prokuratura xodimlari tomonidan ushlandi.

 

Muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan Guliston shahridagi Advokatlar hayʼati advokati 2021 yilda mahalliy masʼuliyati cheklangan jamiyatga bankdan 240 ming AQSH dollari miqdorida kredit ajratilishida yordam berganligi uchun xizmati evaziga uning rahbaridan 12 ming AQSH dollari olgan.

 

Biroq, bank tomonidan olib borilgan monitoring jarayonida masʼuliyati cheklangan jamiyat kredit mablag‘ini maqsadsiz ishlatganligi aniqlanib, prokuratura organlari tomonidan uning rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat muqaddam olgan 12 ming AQSH dollaridan 1000 AQSH dollarini MCHJ rahbariga qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda IIB hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Milliy Gvardiyaning Samarqand viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi Ishtixon tumanlararo qo‘riqlash bo‘limida qorovul lavozimida ishlovchi shaxs o‘zining qarindoshiga muqaddam hokimlik tomonidan bog‘dorchilik qilish uchun berilgan 70 sotix yer maydonini xaridorga 175 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 100 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168- (Firibgarlik) va 211- (Pora berish) moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"