O'zbekiston

5 yil ish stajiga ega xotin qizlar OTMga imtihonsiz qabul qilinishi aytilmoqda

Vazirlik bu bo‘yicha bayonot berdi.

5 yil ish stajiga ega xotin qizlar OTMga imtihonsiz qabul qilinishi aytilmoqda

 

Ijtimoiy tarmoqlarda 5 yil ish tajribasiga ega bo‘lgan ayollar oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy bayonot berdi.

 

Qayd etilishicha, kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni oliy taʼlim muassasalariga imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tartib mavjud emas.

 

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 iyundagi 322-son qaroriga muvofiq mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi tasdiqlangan.

 

Mazkur tartib 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, ushbu toifadagi xotin-qizlarga jami alohida 500 ta bazaviy to‘lov-kontrakt asosidagi qo‘shimcha qabul parametrlari oliy taʼlim muassasalari kesimida ajratilgan.

 

Ushbu toifadagi xotin-qizlar ajratilgan qabul parametrlariga tanlovlarda ishtirok etishlari uchun dastlab Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tegishli tavsiyanomasiga ega bo‘lishlari lozim.

 

So‘ng tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun tanlovlar umumiy tartibda davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida o‘tkaziladi.

 

Imtihonda eng yuqori ballning kamida 30 foizini to‘plab, ammo talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlar 500 ta bazaviy to‘lov-kontrakt asosidagi qo‘shimcha alohida qabul parametrlari doirasida, ballar ketma-ketligi bo‘yicha tanlovda qatnashadi.

 

2023/2024-o‘quv yilida ham kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar mazkur tartibga muvofiq kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra tanlov asosida o‘qishga qabul qilinadi.

 

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"