O'zbekiston

Avtosanoat rahbari tez orada avtomobilga navbat yo‘q bo‘lishini eʼlon qildi

Andijonning o‘zida bu yil 250−300 mln dollarlik to‘rtta yangi zavod qurilishi aytilmoqda.

Avtosanoat rahbari tez orada avtomobilga navbat yo‘q bo‘lishini eʼlon qildi

 

“O‘zavtosanoat” raisi Shavkat Umurzoqov avtomobilni navbatsiz olish uchun “shapka”ni qonuniylashtirishga qarshi ekanini maʼlum qildi. Uning fikricha, navbatlar muammosini faqat ishlab chiqarishni ko‘paytirish bilan yengish mumkin. Kompaniya 2023-yilda yarim million avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

 

Umurzoqov qo‘shimcha pul to‘lab, avtomobilni navbatsiz olish imkoni yaratilishi, yaʼni xalq orasidagi “shapka”ni qonuniylashtirish mumkinligi borasida shunday deydi:

 

«Men bu taklifga qarshiman, noto‘g‘ri narsa. Bekorga ishlab chiqarishda 500 ming bilan chegaralanmaymiz demadim. Avtomashinalar navbati butun dunyoda bor. Men bu bilan uni to‘g‘ri ham demoqchimasman. Lekin bu narsa [avtomobil yetkazib berish muddatini kamaytirish]ni faqat mashina ko‘p ishlab chiqarish bilan yengamiz. O‘zimizda ishlab chiqarilayotgan mashinani tezroq olish uchun ko‘proq pul to‘lang, desak, noto‘g‘ri bo‘ladi», — dedi “O‘zavtosanoat” rahbari.

 

Uning aytishicha, kompaniya oldida juda ko‘p tashqi va ichki muammolar turibdi. Umurzoqov bunga misol sifatida 2018 yilda bir konteyner narxi 5 ming dollar bo‘lgani, hozir 15 ming dollargacha oshganini keltirdi.

 

«Mashinamizni qimmatlashyapti deymiz, lekin dollarga chaqsak, shu kungacha arzonlashdi. Shuncha soliq to‘layapmiz, loyihalarning bir so‘mini ham davlatdan olmayapmiz, o‘zimizning daromadimiz yoki rivojlanishimizni ko‘rib, pullarni tashqi moliyaviy institutlar beryapti»

 

«Andijonning o‘zida bu yil 250−300 mln dollarlik to‘rtta yangi zavod quradigan bo‘ldik. Bu nima beradi? Tasavvur qiling, 2016 yil 80 ming mashina chiqqan, 2017 yil 120 ming chiqqan. Bugun 330 ming chiqaryapmiz. Bu yil 400 mingdan oshiq chiqaramiz. Navbat yo‘q bo‘ladi, ishoning, faqat ozgina sabr qiling», — dedi “O‘zavtosanoat” raisi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"