Tarmoqdagi tovlamachilar yoxud tahdidga uchragan taqdirlar

Ijtimoiy tarmoqlar kim uchundir fikrlarini bayon qilish, kim uchundir zarur maʼlumotlarni topish, yana kim uchundir tovlamachilik maydoni.

Tarmoqdagi tovlamachilar yoxud tahdidga uchragan taqdirlar

 

Ijtimoiy tarmoqlar kim uchundir fikrlarini bayon qilish, kim uchundir zarur maʼlumotlarni topish, yana kim uchundir tovlamachilik maydoni. Internet hayotimizga kirib kelgan sari hatto shaxsiy munosabatlar ham onlayn tus olmoqda. Yigit va qizlarning turli chatlar orqali tanishuvi firibgarlik hamda tovlamachilikning yangi ko‘rinishga kirishiga, ushbu illatlarning “raqamlashishi”ga sabab bo‘lmoqda.

 

AQSHda yashayotgan o‘zbekistonlikdan tovlamachilik bilan 28 ming dollar talab qilgan fuqaro ushlandi

 

Surxondaryoda tug‘ilgan hamda hozirda Toshkent viloyatida yashovchi 22 yoshli shaxs ijtimoiy tarmoqlar orqali ayol kishining nomi va suratini joylagan holda o‘ziga sahifa ochish orqali AQSHda yashaydigan asli Samarqand viloyati Toyloq tumanidan bo‘lgan fuqaro bilan tanishib, u bilan avvalo do‘stona, keyinchalik esa «ishqiy munosabatlar»ga kirishgan.

 

Shundan so‘ng yigit tovlamachilik yo‘li bilan hozirda AQSHda yashayotgan O‘zbekiston fuqarosidan dastlab Chirchiqdagi bank bo‘limi orqali 600 dollar olgan. Ushbu pul mablag‘lariga qanoatlanmagan 22 yoshli yigit keyinchalik yana 28 ming dollar talab qilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan olib-borilgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, tovlamachining ism-sharifi hamda manzili aniqlangan. Natijada Samarqand viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati hududida ushlangan.

 

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Toyloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Qashqadaryoda 75 yoshli kiber tovlamachi ayoldan intim videosini o‘chirib berish evaziga pul talab qildi

 

Kiberxavfsizlik markazi ijtimoiy tarmoq orqali tovlamachilik qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarning ashyoviy dalillar bilan qo‘lga oldi.

 

Hayratlanarlisi, bu galgi kiber tovlamachi 75 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi. 

 

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi U.B., ariza bilan murojaat qilib, ijtimoiy tarmoqlarda unga nisbatan uydirma va bo‘hton maʼlumotlar berilgan turli xil video va foto tasvirlar tarqatilayotganini bildirib, Telegram messenjerida nomaʼlum akkaunt foydalanuvchisi unga murojaat qilib, ushbu maʼlumotlarni ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlash evaziga 8.000.000 so‘m talab qilayotganini maʼlum qilib, nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.  

 

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, tovlamachilik bilan pullarni o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan shaxslar Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan M.R. va 1947 yilda tug‘ilagan N.S. ekani aniqlangan.  

 

M.R. va N.s. talab qilingan pullarni fuqaro U.В.dan qabul qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinib, tezkor-tadbir ishtirokchilari tomonidan hujjatlashtirilgan.

 

M.R. va N..ga nisbatan Jinoyat Kodeksining  165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

 

Andijonda ham shunga o‘xshash holat aniqlandi

 

Jalaquduq tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi E.A. uning ishqiy munosabatlari aks etgan foto va videotasvirlarini tarqatmaslik evaziga 500.000 so‘m pullarni talab qilib, ushbu pullarni M.A.dan olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Biz yuqorida so‘nggi 3-4 kun ichida keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzuga aloqador voqealarning ayrimlarini esladik, xolos. Bizga maʼlum bo‘lmaganlari va tovlamachilar tuzog‘ida jabrdiydaga aylangan, qo‘rquv, hadik ichida yashayotganlar qancha? Xo‘sh bu kabi muammolarning ildiz otishiga sabab nima: Nazoratsizlikmi? Yoki o‘zaro ishonchning suiisteʼmol qilinishimi? Agar shunday bo‘lsa, yoshi ulug‘ kimsalarga ham nazorat kerakmi? Yoshlarga o‘rnak bo‘lish o‘rniga o‘z bolasi, nevarasi tengi ayollarni aldab yuradigan kimsalarni nima deb atash mumkin? Aslida, bu uyatdan o‘zga narsa emas.

 

Biz andishali xalqmiz. Ayniqsa, qizlar tarbiyasida. Uning shaʼnini o‘ylab, qonunlarga, haq-huquqlarga ham ko‘pincha ko‘z yumamiz. Ammo... mana shu yuz-xotir va “odamlar nima deydi” qabilidagi qarashlarimiz jamiyat tanazzuliga olib kelayotganini anglolmayotgandekmiz. 

 

Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsni obro‘sizlantirganlik uchun qanday javobgarlik bor?

 

Qonunchilikda axborotni Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatishning tartiblari belgilab qo‘yilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunning 121-moddasida belgilanishicha, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga yoki veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborotni joylashtirishdan avval uning to‘g‘riligini tekshirishi, shuningdek joylashtirilgan axborotning noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda uni darhol o‘chirib tashlashi shart.

 

Shuningdek, qonunchilikka ko‘ra, shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet tarmog‘ida tarqatish BHMning 50 baravari (12 mln 250 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Agarda yolg‘on axborot tarqatganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxs ushbu huquqbuzarlikka takroran yo‘l qo‘ysa, BHMning 400 baravarigacha (98 mln so‘m) miqdorda jarimaga tortilishi yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi bilan jazolanishi mumkin.

 

So‘ngso‘z o‘rnida

 

Huquqini bilgan inson o‘zining qonun himoyasida ekanini yaxshi his etadi va undan vaqtida foydalana oladi. Sizni qadrsiz va obro‘sizlantirishlariga aslo yo‘l qo‘ymang. Xato qilgan paytingiz sizga yaqinlaringizdan boshqa ishonchli odam atrofingizda bo‘lmasligiga ishoning. Zero, inson hayoti, shaʼni, qadr-qimmati har narsadan ustun. Aks holda aldovlar qurboniga aylanib, tovlamachilar tuzog‘ida yuraverasiz. Bu bilan kamsitilish, xo‘rlik, tahqir zanjirlari hech qachon uzilmaydi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Tarixiy g’alaba: Javohir Sindarov muddatidan avval g‘alaba qozondi

20 yoshli Sindarov jahon chempioni unvoni uchun kechadigan bahsda Dommaraju Gukeshga qarshi o‘ynaydi.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"