So‘nggi 20 yillikning eng vayronkor zilzilalari

Kecha, 6 fevral kunini deyarli butun dunyo dahshatli xabar bilan qarshiladi: Turkiya va Suriyada 7,8 balli zilzila yuz berdi. Kun yarmiga kelib yana bir 7,7 balli zilzila kuzatildi, ular orasida va keyin esa 5 balldan 6,6 balgacha bo‘lgan yuzlab aftershoklar sezildi.

So‘nggi 20 yillikning eng vayronkor zilzilalari

 

Keskin silkinish oqibatida Turkiya 3 metrga siljidi, bu haqda Italiyalik olimlar zilzila xaritasiga tayanib xabar qilmoqda. Qurbonlarning aniq soni hali ham maʼlum emas, raqamlar har daqiqada yangilanib bormoqda.

 

Tonggi zilzila kuchi Qohiradan Tbilisigacha sezildi. Shundan so‘ng kun davomida Afg‘oniston, Qozog‘iston, AQSHda ham kuchli yer silkinishi kuzatilgani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Zilzila — juda katta vayronkor kuchga ega tabiat hodisasi. So‘nggi 20 yilda yuz bergan yirik zilzilalar ulkan yo‘qotishlarga sabab bo‘lgan.

 

Gaiti, 2021 yil 14 avgust

 

Atlantika okeanidagi Karib dengizida joylashgan davlat so‘nggi yillarda bir qancha kuchli yer silkinishlaridan aziyat chekmoqda. 2021 yilda yuz bergan 7,2 balli zilzila 2200 dan ortiq inson hayotiga zomin bo‘lgan, 13 mingdan ortiq binoni butunlay yoki qisman vayron qilgan.

 

Indoneziya, 2018 yil 28 sentyabr

 

Umumuan olganda, tabiiy ofatlar tez-tez kuzatiladigan Indoneziya zilziladan ham ko‘p aziyat chekadi. Ammo 2018 yilda Sulavesi orolida yuz bergan 7,5 magnitudali zilzila o‘zi bilan 1,5 metrli sunamini ham olib kelib, so‘nggi yillarning eng vayronkor tabiiy ofati bo‘lgan edi. Qo‘shaloq ofat 4300 dan ortiq odamni hayotdan olib ketgan.

 

Eron, 2017 yil 12 noyabr

 

7,3 magnitudagi zilzila Eronning Kirmonshoh hududida 2017 yilda yuz bergan. O‘shanda Eronda 400 dan ortiq, qo‘shni Iroqda esa 6 kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgan edi.

 

Meksika, 2017 yil 19 sentyabr

 

2017 yilda Meksikada yuz bergan 7,1 balli zilzila 1985 yilgi fojiani yodga soldi. 2017 yilda 396 kishining umriga zomin bo‘lgan silkinish oqibatlaridan eng ko‘p poytaxt Mexiko zarar ko‘rdi.

 

Italiya, 2018 yil 24 avgust

 

Italiya markazida yuz bergan 6,2 balli zilzila qurbonlari soni 300 ga yetgan. Silkinish natijasida Rimdan sharqda joylashgan Akkumoli shahri va uning atrofida tuproq 20 santimetrga cho‘kib, yer 16 santimetrga siljigan.

 

Ekvador, 2016 yil 16 aprel

 

Ekvadorda qayd etilgan 7,8 balli zilzila oqibatida kamida 650 kishi halok bo‘lgan.

 

Afg‘oniston, 2015 yil 26 yanvar

 

Hindikush tog‘larida yuz bergan 7,8 balli zilzila Afg‘onistonning shimoli-sharqiy va Pokistonning shimoliy qismiga zarba bergan, o‘shanda kamida 400 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

 

Nepal, 2015 yil 25 aprel

 

Nepaldagi 7,8 balli zilzila qariyb 9000 kishining umriga zomin bo‘ldi, 8 mlndan ortiq odam zara ko‘rdi.

 

Xitoy, 2014 yil 2 avgust

 

Xitoy janubi-g‘arbidagi Yunnan provinsiyasida yuz bergan tabiiy ofat oqibatida kamida 600  kishi qurbon bo‘lgan. Zilzila magnitudasi 6,4 ballga yetgan.

 

Pokiston, 2013 yil 24 sentyabr

 

“Egizak zilzila” nomi bilan tarixda qolgan tabiiy ofat kamida 800 kishini hayotdan olib ketdi. 7,7 va 7,8 balli ketma-ket 2 ta zilzila Pokiston  janubi-g‘arbidagi Balujiston provinsiyasini yer bilan bitta qilgan.

 

Turkiya, 2011 yil 23 oktyabr

 

2011 yil Vanda yuz bergan zilzila sababli 600 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Uning magnitudasi 7,2 ballga yetgan.

 

Yaponiya, 2011 yil 11 mart

 

9 balli zilzila oqibatida Yaponiya shimoli-sharqiga sunami ham yopirildi. Natijada 15 690 odam halok bo‘ldi, 5 700 kishi jarohatlandi. O‘shanda mamlakatning 4 ta AESi zarar ko‘rgan, Fukusima–1 AESi avariya holatiga kelib qolgan.

 

Yangi Zellandiya, 2011 yil 22 fevral

 

Yangi Zellandiyadagi zilzila oqibatida kamida 180 kishi halok bo‘ldi. 6,3 balli silkinish o‘chog‘i Kraychestcherch shaxrida bo‘lgan.

 

Chili, 2010 yil 27 fevral

 

8,8 balli zilzila o‘zidan so‘ng sunamini olib keldi. Tabiiy ofat 500 dan ortiq odamni halok qilib, yuz minglab uylar, yo‘llar va ko‘priklarni yo‘q qildi.

 

Gaiti, 2010 yil 13 yanvar

 

Gaiti poytaxti Port-O-Prensda yuz bergan 7 balli zilzila kamida 316 ming insonni nobud qildi.

 

Xitoy, 2008 yil 12 may

 

2008 yilda Xitoyning Sichuan provinsiyasida 7,8 balli zilzila qayd etildi, oqibatda 900 kishi halok bo‘ldi.

 

Indoneziya, 2004 yil 26 dekabr

 

Indoneziyaning Sumatra oroli yaqinida yuz bergan 9,15 magnitudali zilzila va u olib kelgan sunami Tailand, Hindiston, Shri-Lanka va huddudagi boshqa davlatlarga zarar yetkazdi.  Tabiiy ofat natijasida qishloqlar va sayyohlik markazlari uzoq vaqtga bo‘shab qoldi. Umumiy hisobda 230 mingdan ortiq odam bedarak yo‘qoldi.

 

Pokiston, 2005 yil 8 oktyabr

 

Pokiston poytaxti Islomobod shahrining shimoli-sharqiy qismida yuz bergan zilzila magnitudasi 7,6 ballni qayd etdi. Mamlakatda 73 000 kishi halok bo‘ldi. Silkinish Kashmirgacha yetib borib, u yerda 1200 kishini hayotdan olib ketdi.

 

Eron, 2003 yil 26 dekabr

 

Eronning Kirmon provinsiyasida ro‘y bergan 6,6 balli zilzila Bam shahrini butunlay yo‘q qildi va 31 ming inson hayotiga zomin bo‘ldi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Tarixiy g’alaba: Javohir Sindarov muddatidan avval g‘alaba qozondi

20 yoshli Sindarov jahon chempioni unvoni uchun kechadigan bahsda Dommaraju Gukeshga qarshi o‘ynaydi.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"