O'zbekiston

Xorijiy hamkorlar soni yana bittaga ko‘payadi

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabida  “Sharq ayoli” xalqaro xotin-qizlar jamoat fondi hamda Rossiya Federatsiyasining “Omega” IT kompaniyasi vakillari ishtirokida muzokara uchrashuvi tashkil etildi.

Xorijiy hamkorlar soni yana bittaga ko‘payadi

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi ish faoliyatini yangicha asosda tashkil etish, bu boradagi jahon tajribasini  o‘rganish va amalda qo‘llash, mavjud to‘garaklarni zamonaviy o‘quv jihozlari bilan taʼminlash, to‘garaklar soni va sifatini oshirish maqsadida xalqaro hamkorlik va aloqlarni yana-da kengaytirishga intilmoqda. Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabida ayni shu maqsadda  “Sharq ayoli” xalqaro xotin-qizlar jamoat fondi hamda Rossiya Federatsiyasining “Omega” IT kompaniyasi vakillari ishtirokida muzokara uchrashuvi tashkil etildi.

 

Ayni paytda Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tizimida 219 ta maktab faoliyat ko‘rsatyapti. 7 yo‘nalishdagi 11 ming 431 to‘garakda  386 ming 143 nafar o‘quvchilar o‘zlari qiziqqan soha bo‘yicha olayotgan bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirmoqda, kasb-hunar o‘rganmoqda, - deydi maktab direktori Sevara Mahmudova. – Sir emas, bugungi kunda yoshlarimizda axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqish va intilish tobora ortib bormoqda. Shu bois biz  IT hamda “Robototexnika” to‘garaklarini rivojlantirish, ular faoliyatiga xalqaro tajribani tatbiq etish, sohadagi yangiliklardan o‘quvchilarimizni muntazam xabardor qilib borish va ularni amaliyotga joriy qilishni maqsad qilganmiz. Bugungi uchrashuv doirasida “Sharq ayoli” xalqaro xotin-qizlar jamoat fondi vositachiligida Rossiya Federatsiyasining “Omega” IT kompaniyasi bilan hamkorlik qilishga kelishib oldik. Bu esa, o‘z navbatida, "Barkamol avlod‘ bolalar maktablari to‘garak aʼzolariga yangi imkoniyat va sharoitlarni taqdim etadi.

 

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi 3 ta xalqaro, 15 ta  mahalliy idora va tashkilotlar bilan memorandum tuzib, yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"