Saratonga oid olti afsona

Bugun onkologik kasalliklarga qarshi kurash kuni.

Saratonga oid olti afsona

 

4 fevral butunjahon saratonga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Har yili dunyoda ushbu kasallik haqida ko‘proq maʼlumotga ega bo‘lish uchun ko‘plab ishlar amalga oshiriladi.

 

Saratonga qarshi kurash xalqaro ittifoqi kasallikning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradigan tashkilot bo‘lib, hozirda u o‘z ichiga onkologik kasalliklarga qarshi kurashga ixtisoslashgan 900 dan ortiq tashkilotni jamlagan.

 

Amalga oshirilayotgan ishlarga qaramay, saraton haqida haqiqatdan yiroq qarashlar odamlar orasida keng tarqalgan. “TASS” agentligi ularning oltitasini keltiradi.

 

Birinchi afsona: saraton yuqumli

Saratonni boshqalardan yuqtirib bo‘lmaydi. Bir binoda yashash, umumiy kiyimlar yoki bir xil buyumlardan foydalanish xavfsiz.

 

Ikkinchi afsona: saraton har doim o‘lim bilan tugaydi

Agar kasallik boshlang‘ich davrda aniqlansa va bemor to‘g‘ri muolaja qilinsa, to‘liq tuzalmasa ham, uzoq umr ko‘rish imkoniyati bor.

 

Uchinchi afsona: Shirinliklar saratonga “yordam beradi”

Odam organizmidagi barcha hujayralar glyukoza orqali quvvatlanadi. Shirinlik isteʼmolini cheklash mumkin, ammo parhezni faqat vrach ko‘rsatmasi bilan boshlash kerak.

 

To‘rtinchi afsona: saraton — yomon ishlar uchun jazo

Saratonga turli odamlar chalinishi mumkin. Baʼzida bu afsona muolajaga xalal beradi: bemorlar saraton jazo deb hisoblaydi va muolaja olmaydi.

 

Beshinchi afsona: Saratonga qarshi preparat bor, ammo uni sir tutishadi

Hozirda saratonga qarshi universal dori mavjud emas. Ammo xalqaro tibbiy hamjamiyat bu yo‘nalishda doimiy tadqiqotlar olib boradi

 

Oltinchi afsona: xalq tabobati bilan saratonni davolash mumkin

Bu ayniqsa xavfli. Ayrim odamlar anʼanaviy tibbiyotga ishonib, professional muolajadan voz kechadi va bu ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Tarixiy g’alaba: Javohir Sindarov muddatidan avval g‘alaba qozondi

20 yoshli Sindarov jahon chempioni unvoni uchun kechadigan bahsda Dommaraju Gukeshga qarshi o‘ynaydi.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"