Onlayn formatdagi “majburiy obuna”lar

Bundan kimlar manfaatdor?

Onlayn formatdagi “majburiy obuna”lar

 

Bugun mamlakatimiz va dunyo miqyosida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, voqea-hodisalar, yangiliklar to‘g‘risidagi maʼlumotlar barcha ijtimoiy tarmoqlarda aks etib boryapti. Bu yangiliklardan xabardor bo‘lishda esa internet tizimi, mobil telefonlar va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ancha qulay hisoblanadi. Bundan tashqari, o‘zaro maʼlumot almashish yoki biror voqea-hodisaga munosabat bildirish, o‘z fikrini bayon etish yoki o‘zaro muloqot qilishda ijtimoiy tarmoqlar juda qulay.

 

Ammo tanganing ikkinchi tarafi bo‘lgani kabi masalaning ham boshqa tomoni bor. Bugun ayrim insonlar Telegramda kanal ochib,  undan o‘z manfaati yo‘lida foydalanayotgandek...

 

“Yuqoridan topshiriq: Zudlik bilan mana shu kanalga qo‘shiling va isbot uchun menga skrenshot qilib tashlang, bu majburiy!..” Bu kabi xabarlar sizga ham begona bo‘lmasa kerak. Pandemiya o‘zi bilan birga kundaligimizga onlayn va oflayn degan tushunchalarni ham olib keldi. Telegram ijtimoiy tarmog‘ida tashkilot va rahbarlarning kanal (guruh) ochishi allaqachon modaga aylangan. Vazirdan to tuman hokimlarining ko‘pida shaxsiy telegram-kanali bor. Bu yaxshi, albatta. Rahbarlarning ijtimoiy tarmoqda faol bo‘lishi qaysidir maʼnoda xalqqa yaqinligidan darak. Ammo ayrimlar go‘yoki xo‘jako‘rsinga ishlayotgandek. Qilayotgan kichik yaxshiligini ham dabdabali qilib, rasm va videoga tushirib, tarmoqlar orqali ochko to‘plamoqda. Bu ham yetmagandek, qo‘l ostidagi yoki shu sohaga aloqador xodimlarni buning targ‘ibotiga jalb qilyapti. Inkor etib bo‘lmaydi: hamma narsa zamonaviylashgan sari majburiy obuna masalasi ham zamonaviylashdi. Bugun ko‘pchilik onlayn formatdagi “majburiy obuna”ga jalb qilinmoqda. Xo‘sh, bundan kim manfaatdor? Rahbarmi yoki xodim?

 

Yaqinda bir tanishim nufuzli tashkilotga ishga “ko‘tarildi”. Tabriklab xabar yozsam, fursatni boy bermay ish taklif qildi. Yaʼni uni nomidan telegram kanal ochib, faoliyatini muntazam “reklama” qilib borishni aytdi. U qo‘l ostidagi xodimlarga birgina buyruq bilan kanal aʼzolarini ko‘paytirib berishini ham qo‘shimcha qildi... Mana muammo qayerda. Odamlarni o‘ziga qolsa hozirgi kunda o‘zi uchun kerakli maʼlumot olish qiyin emas. Internetga kalit so‘zni yozsa, vassalom. Foydalanuvchiga keragidan ortiq maʼlumotlar bazasini chiqarib beradi.

 

Masalan, o‘qituvchilar faoliyatiga oid kanallar juda ko‘p. Tuman, shahar va viloyat Maktab va maktabgacha taʼlim tizimidagi rasmiy kanallarga barcha o‘qituvchilar aʼzo bo‘lgan (majburiy aʼzo qilingan degan fikrdan yiroqmiz). Ammo u yerda o‘qituvchi va o‘quvchilarning haq-huquqlari, turli zamonaviy metodlar, ota-onalar uchun foydali maʼlumotlarni topish juda qiyin (yo‘q desa ham bo‘ladi). Bu kanallar rahbarlarning tadbirlari-yu, tekshiruvga borganda tushgan rasmlari bilan to‘la. Aslida, o‘qituvchiga rahbarning hisobot uchun tushgan soxta rasmi va qarorlar ijrosini yuzaki bajargani aks etgan undan-uzun matnlar qiziq emas. Ishoning, hatto uni o‘qimaydi ham. Masalan, men o‘qituvchi bo‘lmasam-da, Ulug‘bek Po‘latovning telegram-kanaliga aʼzo bo‘lganman. Chunki uning kanalida o‘qituvchilar uchun barcha kerakli maʼlumotlarni topsa bo‘ladi. Bu kabi qiziqarli va foydali kanallarga “majburiy obuna” ham shart emas. Shundog‘am bunday kanallarni izlab topib, o‘z xohishi bilan aʼzo bo‘ladiganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. birgina o‘qituvchilar emas, boshqa barcha sohada ahvol shu.

 

Xodimlar, xususan, fuqarolarni turli kanallariga majburan aʼzo qilib, “ko‘rib qo‘y, men unday ish qildim”, deya fotoarxivini boyitayotgan, layk yig‘ib, undan bahra oladigan va o‘zidan yuqori rahbarlarga yaxshi ko‘rinish qabilida faoliyatini quruq hisobotlar bilan boyitayotgan rahbarlar bizni boshqarar ekan, har qanday soha rivojining kelajagi bo‘lmaydi. Zero, halol va xolis ishlagan rahbargina adolatli bo‘la oladi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Tarixiy g’alaba: Javohir Sindarov muddatidan avval g‘alaba qozondi

20 yoshli Sindarov jahon chempioni unvoni uchun kechadigan bahsda Dommaraju Gukeshga qarshi o‘ynaydi.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"