O'zbekiston

Hududlarda gaz zaxirasi yetarlimi?

Energetika vazirligi masʼul xodimi hozirda hududlarda mavjud gaz zaxirasi haqida maʼlumot berdi.

Hududlarda gaz zaxirasi yetarlimi?

 

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Energetika vazirligi masʼul xodimi Obidjon Dilmurodov maʼlum qilishicha, 29 yanvar kuni elektr stansiyalar orqali 222 mln 500 ming kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Respublika isteʼmolchilariga 217 mln 700 ming kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

 

Shuningdek, gaz taʼminoti korxonalari tomonidan isteʼmolchilarga 145 mln 400 ming kub metr tabiiy gaz va 1100 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Hozirda hududlarda 2 500 tonna suyultirilgan gaz hamda 23 500 dona gaz ballonlari zaxirasi mavjud.

 

Aholi va byudjet tashkilotlarini ko‘mir mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida 3 ming 400 tonna ko‘mir hududlardagi omborlarga ortib yuborildi.

 

Korxonalarda qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari o‘rnatilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda shtablar tuzilgan, 24 soatlik navbatchilik tashkil qilingan.

 

Zarur chora sifatida respublikamizning ayrim hududlarida elektr taʼminotida bir yarim soatdan ikki soatgacha cheklovlar kiritildi.

 

Ko‘rilgan choralar natijasida elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklarni to‘liq bartaraf etishga erishildi.

 

Gaz tarmoqlarida tabiiy gaz bosimi ko‘tarilishi natijasi 1 kunda 11 ta mahalladagi 12 ming 784 ta xonadonning tabiiy gaz taʼminoti yaxshilandi.

 

Bugungi kunda Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Buxoro, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ayrim xonadonlarida gaz bosimini meʼyorga keltirish ishlari davom ettirilmoqda.

 

Gaz tarmoqlarida sodir bo‘layotgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari isteʼmolchilarni oldindan ogohlantirgan holda amalga oshirilmoqda.

 

Shuningdek, vazirlik va tizim tashkilotlarining masʼul xodimlari hududlarga safarbar etilgan bo‘lib, isteʼmolchilarni barqaror energiya resurslari bilan taʼminlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

 

Tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan va kuzatilayotgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida elektr va gaz taʼminoti korxonalarida tunu-kun ishlaydigan 1 000 dan ortiq maxsus brigadalar tashkil etilgan bo‘lib, ular joylarda muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etilishini taʼminlamoqda.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"