Hokimlar qo‘liga o‘tib borayotgan taʼlim

Yoxud maktablarda darslar onlayn bo‘lishini kim hal qilyapti?

Hokimlar qo‘liga o‘tib borayotgan taʼlim

 

O‘zbekistonda boshlangan va haligacha davom etayotgan anomal sovuq sabab respublikadagi taʼlim muassasalarida qishki taʼtil uzaytirilgandi. Xususan, maktablarda taʼtil 28-dekabrdan boshlanib, 10-yanvarda tugashi kerak edi. Ob-havoning keskin sovib ketishi ortidan o‘quvchilarning dam olish kunlari avvaliga 17-yanvargacha, keyinroq 22-yanvarga qadar davom etadigan bo‘ldi.

 

Va nihoyat 23-yanvardan respublikadagi barcha maktablarda III chorak darslari boshlandi. 22-yanvar kuni vazirlik issiqlik taʼminotida muammosi bo‘lgan maktablar o‘qishni vaqtincha masofadan olib borishlariga ruxsat berdi. Shundan kelib chiqib, jami 717 ta maktabda o‘quv mashg‘ulotlari masofaviy shaklda tashkil etilgan.

 

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: darslarning onlayn yoki oflayn bo‘lishini kim hal qilmoqda? Vazirlik va uning hududiy boshqarmalarimi yoki mahalliy hokimliklar?

 

Zamon.uz kuzatuviga ko‘ra, Toshkentdagi maktablarning 57 tasida taʼlim onlayn shaklda olib borilishi shahar XTBB rasmiy telegram kanalida 22-yanvar kuni soat 20:40 da eʼlon qilingan. Chilonzor tuman hokimligi esa o‘z hududidagi qaysi maktablarda darslar onlayn bo‘lishini o‘sha kuni soat 18:17 da maʼlum qilib ulgurgandi.

 

Andijonda biroz boshqacha holat: viloyat hokimligi rasmiy telegram kanalida bu bo‘yicha hech qanday maʼlumot eʼlon qilmagan. Lekin Xalq taʼlimi boshqarmasi hali onlayn taʼlimga ruxsat berilmasidan avval (20-yanvar) viloyatdagi 16 ta maktabda dars mashg‘ulotlari masofaviy tarzda olib borilishini bildirgan.

 

Namangan viloyatidagi ayrim maktablarda darslarning onlayn tashkil etilishiga vazirlik bunga ruxsat berishidan 5 kun oldin qaror qilingan. 16-yanvar kuni viloyat hokimligida bu bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgan va xuddi shu kuni Xalq taʼlimi boshlig‘ining ham 14-sonli buyrug‘i chiqqan. Jamoatchilik esa bundan darslar boshlanishidan bir kun oldin xabar topgan.

 

Qashqadaryo viloyati rasmiylari darslar onlayn o‘tiladigan maktablar ro‘yxatini bir kun kechikib eʼlon qilgan. Bu haqdagi xabar esa dastlab hokimlik matbuot xizmati tomonidan, keyinroq viloyat XTB tomonidan ochiqlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, 10-yanvar kuni qishki taʼtil davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy hokimliklarga o‘tkazilgandi.

 

Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional hamda oliy taʼlim tashkilotlarida qishki taʼtil davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berilgan.

 

Vazirlik taqdim etgan mazkur xabarda bu vakolat qachongacha amal qilishi aniq yozilmagan. Shuningdek, hokimliklar tomonidan darslarni onlayn tashkil etishga ruxsat berilishi mumkinligi ham aytilmagan

 

Zamon.uz taʼtil uzaytirilishi bilan bog‘liq noaniqliklar, mahalliy hokimliklarga taʼlim sohasida berilgan vakolatlar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi bilan telefon orqali bog‘landi, lekin aniq javob ololmadi.

 

“Keyingi yili nima bo‘lishini oldindan bilmaymiz”, — deya qisqa javob berdi L. Rustamova.

 

Bu bo‘yicha rasmiylardan qo‘shimcha maʼlumot va izoh kutib qolamiz.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Tarixiy g’alaba: Javohir Sindarov muddatidan avval g‘alaba qozondi

20 yoshli Sindarov jahon chempioni unvoni uchun kechadigan bahsda Dommaraju Gukeshga qarshi o‘ynaydi.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"