Yakshanba mutolaasi: “Do‘stim”dan “janobi oliylari”ga aylangan munosabat

Zamon.uz atoqli yozuvchi Chexovning mashhur hikoyalaridan birini tavsiya etadi.

Yakshanba mutolaasi: “Do‘stim”dan “janobi oliylari”ga aylangan munosabat

 

Jahon adabiyoti hikoyachiligini mashhur rus yozuvchisi Anton Chexov ijodisiz tasavvur qilish mushkul. XIX asrning so‘nggi choragida rus kitobxonlari eʼtiboriga sazovor bo‘lgan yozuvchi hikoyalari XX asrning dastlabki yillaridayoq o‘zbek kitobxonlariga taqdim etildi. Chexov ijodiy faoliyatining zaharxanda kulgi bilan boyitilgani unda eng kuchli satirik energiya borligini ko‘rsatadi. Ana shunday mashhur hikoyalardan biri “Semiz va oriq” hikoyasidir.

 

Hikoya qisqa bo‘lsa-da, unda xuddi ko‘zgudagidek ko‘plab insoniy illat va kamchiliklar o‘z aksini topgan.  Muallif go‘yo o‘quvchini to‘xtab, nafaqat boshqalarga, balki o‘zimizga, ichki olamimizga diqqat bilan nazar solishga chaqiradi. Syujet orqali anglashilgan maʼno ana shu yillarning og‘riqli nuqtalari — odamlar o‘rtasidagi munosabatlardan so‘zlaydi. Yaʼni “kichkina” odamga jamiyatning mayda odami deb qaralishi, insoniy fazilatlarning tobora yo‘qolib borishi  hikoyada to‘laqonli ochib berilgan. 

 

Bu ikki do‘stning temiryo‘l stansiyasidagi uchrashuvi hikoya syujetining boshlanishiga to‘g‘ri keladi. Yozuvchi qahramonlarning tashqi ko‘rinishi go‘zalmi yoki xunukmi — bu haqda xabar bermaydi. Biroq shunga qaramay, Chexov bir necha zarbalar yordamida to‘liq tasvirni yaratishga muvaffaq bo‘ladi. Kichkina ko‘rinishidan maʼnosiz tafsilotlar, aslida, moʻjizaviy tarzda qahramonlarning qiyofasini yaratadi. Yozuvchi ikki do‘stni tasvirlash barobarida haykaltaroshlik qiladi: tuzadi, obrazlarni yaratadi, va nihoyat, har bir qahramonning hayotdagi o‘rnini ko‘rsatib qo‘yadi.  Hikoyada atigi 4 nafar qahramon — ikki do‘st va “oriq”ning ayoli va o‘g‘li. Atigi shu obraz orqali u butun boshli insoniyatning illatini ochib bera olgan. Yozuvchi bu bilan qisqa va lo‘ndalik asarning barcha imkoniyatini ochib berishga qodir degan g‘oyani ilgari suradi.  Tanqidiy realizm tamoyillariga sodiq qolgan yozuvchi oddiy odamlar va kundalik hayot voqealarini tasvirlab berdi va qahramonlar kundalik hayotidan qisqa, ammo eng xarakterli epizodlarni tanlashga harakat qildi.

 

Chexovning hikoyada foydalangan asosiy texnikasi bu — antiteza. Muallif qarama-qarshilik orqali asar mohiyatini ochib berishga erishgan, yaʼni bu sarlavhadayoq namoyon bo‘lgan.

 

Oriqning do‘sti hayotda qanday cho‘qqilarni zabt etganini bilib oladigan payt hikoyaning kulminatsion nuqtasi sanaladi. Ana shu payt Misha (“semiz” obrazida) darhol “janoblari”ga, “bolalikdagi do‘stim” deya jaranglagan so‘zlar esa “bunday zodagonlar”ga aylanadi.

 

Xulosa esa yozuvchi hikoya bilan “hayot fojiasi”ni ko‘rsatib berganidan dalolat beradi. Asarda ko‘proq yutuqlarga erishgan odamlarga o‘zini ko‘rsatishga shoshmaslik, shuningdek, yuqori martabali do‘stlarga esa boshliq nazarida emas, eng yaqin qadrdon sifatida munosabatda bo‘lish uqtiriladi. Zero, laganbardorlik jamiyat rivojiga bolta uradigan har qanday illatlarning boshlanishi ekani bot-bot taʼkidlanadi.

 

 Go‘zal Abdullayeva tayyorladi

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Tarixiy g’alaba: Javohir Sindarov muddatidan avval g‘alaba qozondi

20 yoshli Sindarov jahon chempioni unvoni uchun kechadigan bahsda Dommaraju Gukeshga qarshi o‘ynaydi.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"