Yakshanba mutolaasi: atirgulning tikanidan halok bo‘lgan gul

Zamon.uz Gabriel Garsia Markesning eng mashhur hikoyalaridan birini mutolaa qilishni tavsiya etadi.

Yakshanba mutolaasi: atirgulning tikanidan halok bo‘lgan gul

 

Adabiyot shunday bir nuqraki, u ekkan nihollar kun kelib o‘quvchi qalbida daraxtga aylanadi.  Ushbu daraxt esa yillar davomida yaratilgan asarlar silsilasidan va kitobga bosh eggan ko‘zlar nuridan shakllanadi.  Bu sirli olamda shunday janrlar borki, u odamga butun bir roman taqdim etoladigan kayfiyat va taassurotni beroladi. Ushbu mo‘jizaning nomi esa hikoyadir. Jahon adabiyoti durdonalari yaratuvchilaridan biri, Nobel mukofoti sovrindori yozuvchi Gabriel Garsia Markes o‘z davrining ushbu janr rivojiga qo‘shgan hissasi bilan mashhur bo‘lgan xos ijodkorlar toifasiga kiradi.  Uning yozganlari “sirli realizm” deya taʼriflanadi va quyida yozuvchining ana shunday hikoyasi “Atirgulning tikani”ga razm solamiz.  Bu “tikan”ning tug‘ilishidan maqsad nima edi?

 

Hikoya atigi 7 yoki 8 sahifani egallagan bo‘lsa-da, Markesning bunday tejamkorligi asar mohiyatiga aslo putur yetkazmaydi, aksincha o‘quvchini zeriktirmay, tezroq syujet oxirini bilishga undaydi.

 

“Atirgulning tikani” ikki aristokrat oila erkatoylari Nena Dakonte va Billi Sanches tasviridan boshlanadi. Ikki yosh oila qurgunga qadar “muhabbat o‘yinlari"ni to‘yib o‘ynagan, hatto nafas oladigan havosi ham ularning badavlatligini ko‘z-ko‘z etadi deb hisoblovchi elit qatlam vakillari edi. Yozuvchi bu bilan davr muhiti va odamlarning boylikka qay darajada ruju qo‘yganini eslatib qo‘ygan. Hikoya Parijga sayohatga ketayotgan juftlikni kuzatib qo‘yish sahnasidan boshlanadi. Unda Dakontening pahmoqrang po‘stini shu qadar qimmatbaho tasvirlanadiki, hatto butun gornizon ishchilarining oylik maoshini yig‘ganda ham bunday kiyim sotib olishga odamning qurbi yetmaydi. Sayohat oldi berilgan sovg‘alar ichida esa Sanchesga atalgani — hashamdor qora mashina uni tamomila o‘ziga mahliyo qilib qo‘yadi. Er-xotinni kuzatish uchun chiqqan elchi va Dakontega doyalik qilgan enaga ham hikoya syujetining boyligini taʼminlaydi. Ayniqsa, enaga Dakonte qo‘liga bir quchoq qip-qizil atirgulni tutqazayotganda voqealar tizgini boshqa yo‘nalishni mo‘ljalga oladi. Gulni qabul qilayotgan bu xushro‘y ayolning nomsiz barmog‘iga tikan sanchiladi, aynan mana shu lahzadan hammasi boshlanadi. birgina “tikan” obrazi hamma narsaga yakun yasashi mumkinligi imzosi yozuvchi tomonidan mohirona chekilgan.

 

Ayol barmog‘iga tikan kirganini olmos uzugini maqtanishga yo‘yadi...

 

Mashinada yo‘lda ketayotgan er-xotin avval barmoqdan oqayotgan qonga eʼtibor berishmaydi, buni shunchaki hazilga yo‘yadi. Keyinchalik esa bu kichkinagina unsurning ozori Dakonteni holsizlantirib, uni Parij kasalxonalaridan biriga yotqizishga majbur qiladi. Voqealar rivoji boyigandan boyiydi. Xotinini kasalxonaga joylashtirgan er undan xabar olish istagida kasalxonaga kelsa, uni kiritishmaydi, u ayolini birgina ko‘rish, holidan xabar olish uchun hatto elchiga murojaat qilishgacha boradi, lekin undan ham tayinli javob ololmaydi. Nihoyat o‘quvchi kutayotgan savollar javobi yashirin kartadek birin-ketin ochila boshlaydi.

 

Yozuvchi birgina tikan inson umriga zomin bo‘la olishini, odamning tog‘dek puli bo‘lmasin, taqdir oldida hamma ojiz ekanini va hayotda inson kutmagan hamma narsa sodir bo‘lishini isbotlaydi. Ha, Nena Dakonte atirgulning tikani tufayli o‘ladi, uning eri Sanches buni bilganda esa ayolining ota-onasi yetib kelgan edi, u esa hatto xotinini bir bor ko‘rishni uddalay olmagan erkak sifatida o‘zini tasavvur qiladi. Eʼtiborga molik bo‘lgan yana bir jihatlardan biri — bu hikoyada tasvirlangan enagadir. Yaʼni qizning dunyoga kelishiga sababchi bo‘lgan enaga uning o‘limiga ham sababchi bo‘ladi. Balki, bu bilan Markes hayot ato etuvchi ham, uni oluvchi ham faqatgina bir zotdir, hamma narsa uning qo‘lida degan g‘oyani ilgari surmoqchi bo‘lgandir... Mana shu hikoyaning va shu o‘rinda hayotning ham xulosasidir!

 

Go‘zal Abdullayeva

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Tarixiy g’alaba: Javohir Sindarov muddatidan avval g‘alaba qozondi

20 yoshli Sindarov jahon chempioni unvoni uchun kechadigan bahsda Dommaraju Gukeshga qarshi o‘ynaydi.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"