Jahon chempionati uchun tikilgan pullar yoxud uysiz, mashinasiz qolgan ishqibozlar

Kecha dahshatga tushdim. Bir tamaddixonada futbol ko‘rdik. 200 tacha odam bo‘lsa, shuning kamida 80 foizi allambalo onlayn qimorxonalarga pul tikkan ekan.

Jahon chempionati uchun tikilgan pullar yoxud uysiz, mashinasiz qolgan ishqibozlar

 

Futbol bo‘yicha jahon chempionatini jamoamiz bilan kuzatib bordik. Yigitlarimiz muxlislik qilgan jamoalarini oxirigacha qo‘llab-quvvatlab borishdi. Hatto “garov o‘ynaymizmi” degan kezlari ham ko‘p bo‘ldi. Yaxshiyamki, ular bu qabih ishga qo‘l urishmagan ekan (hammasi hazilligini aytishdi).

 

Bugun ham ertalabdan futbol mavzusi:. kimdir xafa, kimdir xursand. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir xabar kayfiyatimni buzdi. Birgina o‘yin uchun boridan kechgan (kechayotgan) ayrim kimsalarni eshitib, har qanday kishi jig‘i biyron bo‘ligi turgan gap.

 

Omad qimorda sinalmaydi

 

Adham Arslon Facebook sahifasiga kecha nihoyalangan futbol bo‘yicha jahon chempionati bilan bog‘liq voqeani joylagan.

 

“Kecha dahshatga tushdim. Bir tamaddixonada futbol ko‘rdik. 200 tacha odam bo‘lsa, shuning kamida 80 foizi allambalo onlayn qimorxonalarga pul tikkan ekan.

Futbol bir chekkada qolib ketib, nimalarnidir hisoblab yotishibdi. Kim qanday gol urgani emas, nechta gol urgani, qachon urganigacha hisoblab, ichini it tirnab yotibdi.

Bittasi bilan gaplashdim. 50 ming dollar yutgan ekan. Shunga omadliman deb ishonib qolgan shekilli, Fransiya yutadi deb hovlisini sotib, tikib yuborgan. Bola-chaqamni qayerga olib boraman deb yig‘lab o‘tiribdi oxirida.

Fransiyaga pul tikkanlar boshini changallab qolgan, stolni urib sindirgan, bir-biri bilan yoqalashgan. Bittasi mashinasini sotib, Fransiya g‘alabasiga tikib yuborgan. Bittasi yil bo‘yi beli mayishib topgan sarmoyasini.

Kiygan kiyimidan, yeyayotgan taomidan maʼlum: ko‘pi qo‘l uchida kun ko‘radigan yigitlar. Oxirgi pulidan ham ayrilib vayron bo‘lib o‘tiribdi.

Rosti, men bunaqa odamlarga ko‘p achinmayman. Tekin pishloq, oson pul faqat qopqonda bo‘ladi. Bunday topilgan pulning barakasi ham bo‘lmaydi. Na o‘zingga, na oilangga baxt keltiradi. Halolidan qo‘ymasin, peshona teri bilan topilgan pulning rohatiga biror narsa yetmaydi.

Qimorga mukkasidan ketgan akalar, ukalar, jo‘ralar, opalar, singillar, bu ishni tashlang. Bu yo‘lning oxiri faqat g‘ussa bilan tugaydi. Pul tikishni boshlagandayoq yutqazib bo‘lgansiz. Mehnatdan qochmang, chin ko‘ngildan ishlang, Xudo o‘zi baraka beradi”, — degan foydalanuvchi.

 

O‘zbekistonda sportga pul tikish bozorining hajmi 350 million dollarga baholandi

 

Bu haqda joriy yilning aprel oyida mediamenejer va futbol funksioneri G‘ayrat Xasbiullin Alter Ego dasturida xabar bergandi

 

“Taxminan, 10 million dollarga adashayotgan bo‘lishim mumkin. Bu ishlaydigan qora bozor. Mamlakat hududida faoliyati taqiqlanganiga qaramasdan, unda katta pullar aylanyapti”, – degan u.

 

Xasbiullinning taʼkidlashicha, O‘zbekiston bu bozorni butunlay taqiqlay olmaydi. Chunki bu cheklovni dunyo miqyosida amalga oshirishning iloji yo‘q.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda bukmekerlar o‘z faoliyatlari qonuniylashtirilishidan manfaatdor, soliq to‘lashga va qonuniy ishlashga tayyor. Ammo bunda onlayn kazino va sportga pul tikish o‘rtasidagi farqni anglash kerak.

 

"Onlayn kazinolar — bu firibgarlik. Chunki siz kazinoni mag‘lub eta olmaysiz. U onlayn bo‘lganligi sababli algoritmlar asosida tuzilgan. Shu tufayli shaxsan men ularga ishonmayman. Sportga pul tikish esa maydondagi natijaga bog‘liq. Agar siz futbolni yaxshi bilsangiz, g‘alaba qozonishingiz mumkin. Men buni zararli deb hisoblamayman", — degan u.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bukmekerlik kompaniyalari marketingga katta mablag‘ sarflashadi.

 

Xasbiullinga ko‘ra, bunday kompaniyalar topgan pulning 10-15 foizi reklamaga sarflanadi. O‘zbekiston ularga faqat sport musobaqalari vaqtida inshootlarda reklama qo‘yish imkonini berish orqali sportga pul jalb qilishimiz mumkin. Bu orqali bukmekerlar har yili, taxminan, 35 million dollar mablag‘ni sportga yo‘naltiradi.

 

"Bu mablag‘ning yarmi futbol uchun ajratiladi. Chunki ko‘pchiligimiz futbolni yaxshi ko‘ramiz. Keling, ishonch hosil qilaylik, agar klub bukmekerlik kompaniyalaridan pul olsa, u faqat bolalar futbol akademiyasini moliyalashtirishga sarflanishi mumkin. Bu yaxshi sarmoya bo‘ladi", — degan ekspert.

 

Osondan kelgan oson ketadi

 

Bu naql bejiz aytilmagan. Onlayn qimorning oxiri hech qachon yaxshilik bilan tugamasligi haqida qanchalik bong urilmasin, baribir, mo‘may daromad ilinjida boshi berk ko‘chaga kirib qolganlar aslo kamaymayapti. Onlayn qimor qanchadan-qancha ishqibozlarning qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirib, yostig‘ini quritmoqda. Achinarlisi, oliy maʼlumotli, nufuzli idoralarda ishlaydigan yoshlar buning qurboniga aylanayotganidir. To‘g‘ri, hayot faqat ishlash, mehnat qilishdan iborat emas. Ammo misqollab, peshona teri bilan topgan boylikning huzuri baribir boshqacha bo‘ladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Tarixiy g’alaba: Javohir Sindarov muddatidan avval g‘alaba qozondi

20 yoshli Sindarov jahon chempioni unvoni uchun kechadigan bahsda Dommaraju Gukeshga qarshi o‘ynaydi.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"