Siyosat va biznesning tutashuv nuqtasi: BAA hukmron sulolasi qanday qilib biznesdan o‘z mavqeini oshirishda foydalanmoqda?

BAAni boshqarayotgan al-Nahayonlar sulolasi uchun siyosat biznesning ajralmas qismi bo‘lib qoldi, biznes esa  siyosiy taʼsirni kengaytirishning samarali vositasiga aylandi. Zamon.uz Bloomberg agentligining dunyodagi eng boy oilaning tadbirkorlikdan nafaqat boyligini ko‘paytirish, balki qudratini oshirish maqsadida foydalanayotgani haqida maqolani taqdim etadi.

Siyosat va biznesning tutashuv nuqtasi: BAA hukmron sulolasi qanday qilib biznesdan o‘z mavqeini oshirishda foydalanmoqda?

 

BAAni boshqarayotgan al-Nahayonlar sulolasi uchun siyosat biznesning ajralmas qismi bo‘lib qoldi, biznes esa  siyosiy taʼsirni kengaytirishning samarali vositasiga aylandi. Zamon.uz Bloomberg agentligining dunyodagi eng boy oilaning tadbirkorlikdan nafaqat boyligini ko‘paytirish, balki qudratini oshirish maqsadida foydalanayotgani haqida maqolani taqdim etadi.

 

Shayx Tahnun ibn Zayd al-Nahayon o‘z boyligini ko‘z-ko‘z qilish odat tusiga kirgan mintaqada soyada qolayotgani bilan eʼtiborni tortadi. Bu maxfiylik BAA hukmron sulolasi aʼzolari to‘g‘risida ko‘plab mishmishlar tarqalishiga sabab bo‘ladi. Ayrim maʼlumotlarga ko‘ra, aynan Tahnun ibn Zayd al-Nahayon oilaga tegishli boylikning asosiy qismini boshqaradi.

 

Amirliklarda dunyoda aniqlangan neft zaxiralarining 6 foizi joylashgan. Bundan kelayotgan foydaning katta qismi hokimiyat vakillari qo‘lida to‘planishi inobatga olinsa, al-Nahayonlarning moliyaviy qudratida ajablanarli narsa yo‘qdek tuyuladi. Ammo turli— qo‘shiqchi Riannaning kiyim biznesilan tortib Ilon Maskning SpaceX  kompaniyasigacha bo‘lgan loyihalarga kiritilgan investitsiyalar bu sulola boyligining misli ko‘rilmagan darajada ko‘payishiga olib keldi.

 

Bloomberg Billionaires Index maʼlumotlariga ko‘ra, al-Nahayonlarning umumiy aktivlari qiymati kamida 300 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bu uzoq vaqt davomida dunyoning eng badavlat oilasi deb hisoblab kelingan Uoltonlar boyligidan 75 milliard dollarga ko‘p. Ekspertlar normativ-huquqiy hujjatlar, ko‘chmas mulk bo‘yicha shartnomalar va korporativ axborotlarni o‘rganib shunday xulosaga keldi.

 

BAAda davlat va hukmron sulola byudjeti o‘rtasida chegara belgilanmaganligi  tufayli Nahayonlar boyligining  aniq miqdorini topishning imkoni yo‘q. Ularga tegishli aktivlarning bir qismi xususiy qo‘llarda, boshqa qismi esa rasman davlat tuzilmalariga qarashli.

 

Jiu-jitsu bo‘yicha qora belbog‘ sohibi bo‘lgan shayx Tahnun sulolani ommaviy chiqishlar va yopiq eshiklar ortidagi vakili sanaladi. Aynan u ADQ  suveren barqarorlik fondi va mamlakatdagi eng yirik First Abu Dhabi Bank‘ni boshqaradi. Oilaga qarashli International Holding Company rahbari ham shayx Tahnun. Ushbu kompaniya so‘nngi 5 yilda 28 ming foizga qimmatlashdi.

 

2017 yildan buyon Angliyaning 4 karra chempioni bo‘lgan “Manchester Siti” klubi ham al-Nahayonlarga tegishli; bundan tashqari, ular Yevropada o‘nlab saroylar va ko‘chmas mulklarga egalik qiladi. Sulola aktivlari orasida Royal Group  alohida ajralib turadi — uning 27 ming xodimi bor, kompaniya moliyadan tortib robototexnikagacha bo‘lgan yo‘nalishlarga ixtisoslashgan. So‘nggi 20 yilda u oddiy korxonadan 300 milliard dollarlik gigantga aylandi.

 

Boylik bilan bir qatorda Al-Nahayonlarning mintaqa va butun duyonda mavqei o‘sib bormoqda. Biznes-imperiya va siyosiy vositachilikning rivojlanishida shayx Tahnunning roli katta. U tomonidan Turkiya va Misrga kiritilayotgan investitsiyalar Abu-Dabi amiri va BAA prezidenti sheyx Muhammad ibn Zaydning o‘z global taʼsirini oshirishga qaratilgan qadam sifatida baholandi.

 

Tahnun, Muhammad va uning to‘rt aka-ukasi BAA asoschisi Zayd ibn Sulton al-Nahayonning farzandlari. Hokimiyatdagi yana bir muhim shaxs sifatida shayx Mansurni ko‘rsatish mumkin. U hukumat rahbarining o‘rinbosari, Markaziy bank boshqaruvchisi va federal hukumatning Emirates Investment Authority suveren fondi boshlig‘i hisoblanadi.

 

AQSH prezidenti administratsiyasining sobiq maslahatchisi va Muhammad ibn Zaydning uzoq yillik yordamchisi Richard Klarkning so‘zlariga ko‘ra, Royal Group sulola vakillari katta tavakkalga qo‘l ura oladigan yagona tuzilma sanaladi. Boshqa investitsionloyihalar, jumladan umumiy aktivlari 1.2 trillion dollarni tashkil etadigan Mubadala Investment Co. va Abu Dhabi Investment Authority  barqarorlikni ushlab turish maqsadida tuzilgan anʼanaviy suveren fondlardir.

 

Xorijiy biznesmenlar odatda sulola bilan shayx Tahnunning superyaxtasida katta kelishuvlarni imzolaydi (bu al-Nahayonlar egalik qiladigan 3 ta yaxtadan biri). Kema bortida tez-tez Uoll-stritlik milliarderlar ko‘rinish beradi.

 

“Nima uchun men shayx Tahnun bilan uchrashuvdan xursand bo‘ldim? Chunki u dunyodagi eng yirik biznesmenlardan biri. Uning mexmonxonasida har kuni yirik tadbirkorlar, suveren jamg‘armalar investorlari va boshqaruvchilarni uchratish mumkin”, — deydi Donald Trampning tarafdorlaridan biri, milliarder Tom Barrak.

 

Bundan tashqari, shayxning taniqli mehmonlari orasida amerikalik milliarder Sem Zell, hindistonlik sanoatchi Adani Gautam va kolumbiyalik bankir Xayme Gilinskilarni uchratish mumkin. Barrakdan o‘tgan oyda BAA manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ayblovlar olib tashlangandi. U Tahnun bilan aloqalarini yana-da yaxshilash maqsadida shayxga arab otlari haqida noyob kitob sovg‘a qildi va u bilan birga Marokash cho‘liga sayyohatga bordi.

 

Tahnun odatda biznes muzokaralarda o‘zi ishtirok etadi. Ayrim ishlarga esa ishonchli vakillar kiritilishi mumkin. Marokashlik moliyachi Sofiya Abdullatif Laskini shunday ishonchli vakillar qatoriga kiritish mumkin.

 

“Men butun dunyoda boshqaruv lavozimlarida ishlaydigan ko‘plab odamlar bilan gaplashganman. Ular orasida Abu-Dabi vakillari, xususan, shayx Tahnun eng yuqori pog‘onada turadi”, – deb qayd etgan Sem Zell.

 

 Royal Group‘ning ayrim investitsiyalarining qiymati so‘nggi yillarda oshdi.  Bu ro‘yxatda International Holding Company (IHC) alohida o‘rin egallaydi. U 2017 yilda milliard dollardan ortiq bizneslar ichida eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etgandi. O‘z tarixida IHC taniqli bo‘lmagan baliqchilikka ixtisoslashgan investitsion korxonadan BAAning eng qimmat kompaniyasiga aylandi. U hozirda McDonaldʼs Corp va Nike Inc. kabi gigantlardan ham qimmat turadi. Ammo kompaniya amaliyotlarining yopiqligi ayrim investorlarni ehtiyotkor bo‘lishga majbur qiladi.

 

Al-Nahayonlar sulolasining boshqa sohalarda ham qiziqishi balan: yaqinda ular Ferrari tematik xiyoboniga, “Formula-1”trassasiga, shuningdek, Parij Luvrining mahalliy filialiga asos soldi.

 

BAA, Saudiya Arabistoni va Qatar neft zaxiralari tugagunicha o‘z iqtisodiyotida turfa-xillikni taʼminlab olmoqchi. AQSH va Yevropada moliyaviy qiyinchiliklar kuzatilayotgan va Xitoy koronavirus cheklovlari tufayli inqirozga duch kelayotgan bir paytda arab davlatlaridagi tadbirkorlar ko‘plab imkoniyatlari bilan maqtanmoqda.

 

International Holding Company‘ni Al-Nahayonlarning global ambitsiyalarining namunasi deyish mumkin. avgustda kompaniya direktori Sayid Bashar Shyub uning tashkiloti Indoneziya, Turkiya va Hindistonga milliardlab dollar investitsiya kiritishini eʼlon qildi. Mablag‘lar asosan, oziq-ovqat, sog‘liqni saqlash va infratuzilmalarga yo‘naltirilmoqda.

 

Ko‘plab rivojlanayotgan davlatlar kabi BAAda ham biznes va siyosat o‘zaro chambarchas bog‘langan, bu ikki yo‘nalishni esa aynan al-Nahayonlar birlashtirib turadi. Muhammad ibn Zayd boshchiligida mamlakat ko‘plab global jarayonlarga aralashmoqda: masalan, Abu-Dabi Liviyada marshal Xalifa Xaftarni qo‘llab-quvvatlab chiqdi, 2017-yilda arab davlatlarining Qatarga qarshi embargosiga qo‘shildi va Saudiya Arabistonining Yamandagi proksi urushida ishtirok etdi.

 

Shu bilan birga BAA so‘nggi yillarda mintaqadagi keskinlikni yumshatishga harakat qilmoqda. Ular o‘z taʼsirini “yumshoq kuch” vositalari, masalan, iqtisodiy shartnomalar orqali kuchaytiryapti. Masalan, shayx Tahnunning Rajab Toyyib Erdog‘an bilan uchrashuvidan keyin IHC o‘tgan yili qayta tiklanadigan enegriya ishlab chiqaruvchi turk kompaniyasining 50 foiz ulushini sotib oldi.

 

Arab biznesmenlari, shuningdek, hindistonlik Gautama Adanining 3 ta kompaniyasiga 2 milliard dollar sarmoya kiritdi. Abu Dhabi Developmental Holding Company esa Misr iqtisodiyotidagi ulushini ko‘paytirdi.

 

Abu-Dabida siyosat va iqtisodiyot birlashib ketgan yana bir soha — sunʼiy intellekt va bulutli hisob-kitoblar bilan shug‘ullanadigan Group 42 kompaniyasi hisoblanadi. Bu firma BAA tarixidagi Isroilda o‘z bo‘limini ochgan birinchi kompaniyadir. U shuningdek, Isroilning Rafael Advanced Defence Systems qurol eksportyori bilan shartnoma imzolagan.

 

Shayx Tahnun har qanday murakkab missiyaning ishonchli koordinatoriga aylandi. Uning erishgan yutuqlari shayxni Muhammad bin Zayd va BAA uchun o‘ta foydali shaxsga aylanishiga sabab bo‘ldi.

 

custom img

Xo‘jali genotsidi: tarix sabog‘i va adolat talabi

Xo‘jali qirg‘ini Armaniston tomonidan uzoq yillar davomida Ozarbayjon Respublikasiga qarshi olib borilgan etnik tozalash va tajovuz siyosatining tarkibiy qismi bo‘lgan. Qirg‘in vaqtida 613 nafar kishi, jumladan 106 nafar ayol, 63 nafar bola va 70 nafar keksalar o‘ldirilgan, turli yoshdagi 1 000 nafar tinch aholi o‘q jarohatlari natijasida nogiron bo‘lib qolgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

Epshteyn fayllarida Trampga aloqador hujjatlar yo‘qolgan — CNN

Yo‘qolgan hujjatlar orasida Trampni jinsiy tajovuzda ayblovchi guvoh bilan bog‘liq 3 ta intervyular bo‘lgan.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

AQSh Isroilga F-22 qiruvchi samolyotlarini joylashtirmoqda

Dastlab 12 ta samolyot yuborilgan, ammo ulardan biri texnik nosozlik sababli qaytib kelgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"