O'zbekiston

Bokuda o‘zbekistonlik va ozarbayjonlik kinoijodkorlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Taniqli ozarbayjon jamoat arbobi haqidagi serialda o‘zbek kino ustalari ham ishtirok etishi aytilmoqda.

Bokuda o‘zbekistonlik va ozarbayjonlik kinoijodkorlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

 

Boku media markazida o‘zbekistonlik va ozarbayjonlik kinoijodkorlar uchrashuvi o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvda o‘zaro hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ham kelishuvlarga erishildi.

 

"Ikki mamlakat rahbarlari – Shavkat Mirziyov va Ilhom Aliyev rahbarligida mamlakatlarimiz o‘rtasida turli yo‘nalishlarda aloqalarimizni mustahkamlash borasida keng qamrovli ishlar olib borilyapti", — dedi O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov. "Shu asosda kinematografiya sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirishimiz kerak. Buning uchun esa salohiyat va imkoniyatlarimiz yetarli".

 

Ozarbayjonlik yosh kinoijodkorlar “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etishganini faxr bilan yodga olishdi. Ayni paytda ozarbayjonlik kino ustalari taniqli jamoat arbobi, bokulik sanʼat va madaniyat homiysi, yirik sanoat xodimi ​ Hoji Zaynulobiddin Tag‘iyev haqida sakkiz qismli badiiy film yaratilayotgani, filmning maʼlum qismi O‘zbekiston hududida ​ suratga olinishini maʼlum qilishdi.

 

Zaynulobidin Tag‘iyev o‘z daromadining salmoqli ​ qismini xayriya ishlariga, xalqning savodxonlik darajasini oshirish, ilm-maʼrifatni rivojlantirishga sarflagan. Uning moddiy va maʼnaviy ko‘magida mamlakatda qator taʼlim muassasalari, matbuot nashrlari tashkil qilingan.

 

Eʼtiborli tomoni, Hoji Zaynulobidin Tag‘iyev Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, Buxoro amirligi bilan doimiy ​ aloqada bo‘lgan. Amir Abdulahadxon, Amir Olimxon va boshqa davlat arboblari Tag‘iyev bilan tez-tez uchrashib, iqtisodiy sohada muzokaralar olib borishgan. Buxoro amirligi xonadoni vakillari Bokuda, Tag‘iyevning xonadonida bir necha marotaba mehmonda bo‘lishgan. Ayni paytda Tag‘iyevning Ozarbayjon Davlat tarixi muzeyiga aylantirilgan ​ shaxsiy saroyida Buxoro hukmdorlarining bir qancha esdalik sovg‘alari saqlanadi.

 

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Firdavs Abduxoliqov Tag‘iyevning hayoti va faoliyati bugungi yosh avlod uchun namuna bo‘la olishini, uning Buxoro amirligi bilan aloqalarini chuqurroq o‘rganish, kino vositasida bu boradagi maʼlumotlarni tomoshabinlarga yetkazish lozimligini qayd etdi. Mazkur serialning maʼlum qismlarini ​ O‘zbekistonda suratga olinishida zarur yordam ko‘rsatilishi, serialni yaratishda o‘zbek sanʼatkorlari ham bevosita ishtirok etishi mumkinligini taʼkidladi.

 

Ozarbayjonlik kinoijodkorlar bu masalada hamkorlikka tayyor ekanliklarini aytib, mazkur taklif uchun samimiy minnatdorlik bildirishdi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"