O'zbekiston

Andijon shahrida yana yong‘in yuz berdi

Yong‘inni bartaraf etish uchun 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan.

Andijon shahrida yana yong‘in yuz berdi

 

Bugun, 7 dekabr kuni soat 04:04 da Andijon shahar, «Saʼdiy» MFY, Eski O‘sh ko‘chasidagi uylarning birida yong‘in ro‘y bergan to‘g‘risida shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yong‘inni bartaraf etgan.

 

"Yong‘in oqibatida uyning 70 kv.m maydonda shift, tom qismi va uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida uyning 180 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda", — deyiladi FVV maʼlumotida.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy ham Andijon shahrida yirik yong‘in yuz bergandi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

custom img

Toshkentning 9 ta hududida yangi jamoat parklari barpo etiladi

Prezident poytaxtda urbanizatsiya jarayonlari va yashil hududlarni kengaytirish boʻyicha takliflar bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"