O'zbekiston

Asfalt bo‘lgan yo‘llar, ish bilan taʼminlangan ayollar va bepul yo‘llanmalar

Qashqadaryoda tashkil qilingan ochiq muloqotda ko‘rib chiqilgan 219 ta masalaning asosiy qismi joyida hal etildi.

Asfalt bo‘lgan yo‘llar, ish bilan taʼminlangan ayollar va bepul yo‘llanmalar

 

Yakkabog‘ning Navro‘z mahallasida yashovchi Laziz Diyorov hududdagi 3 km yo‘lni taʼmirlash masalasida amaliy yordam so‘ragach, bu masala shu yerning o‘zida muhokama qilindi, joyiga chiqib o‘rganildi. Natijada zarur kuch-vositalar jalb qilinib, masalani hal qilishga kirishildi. Ayni paytda “Navro‘z” mahallasining 3 km ko‘chalariga qum-shag‘al yotqizilmoqda.

Yakkabog‘ markazidan 15 km olisdagi Uyg‘ur qishlog‘i aholisi murojaatlari asosida esa qishloqqa yangi transformator o‘rnatilib, eskirgan simyog‘ochlarni beton tayanchlarga almashtirish ishlariga kirishildi.

 

Yakkabog‘lik 76 yoshli Ismoil Avlaqulov esa masʼullardan Ulamji mahallasidagi 4 mingdan ortiq aholini o‘ylantirayotgan uchta masalaga yechim so‘radi va ularning bariga yechim topildi. Otaxon murojaatidan so‘ng qishloqqa qo‘shimcha transformator va beton tayanchlar o‘rnatish, 2 km ichki yo‘lni taʼmirlash bo‘yicha aniq muddatli chora-tadbirlar belgilandi.

 

Yakkabog‘lik Boltaxon Maxsumov murojaati asosida esa Bunyodkor mahallasi Nasaf ko‘chasining 1,2 km yo‘li taʼmirlanadigan, hududdagi bo‘sh turgan binoni mahalla fuqarolar yig‘ini balansiga o‘tkazish masalasi esa o‘rganib chiqiladigan bo‘ldi.

Mahmud Meyliyev murojaatidan so‘ng esa tuman markazidan 17 km olisdagi Alako‘ylak qishlog‘idagi yo‘l, ichimlik suvi va tibbiy xizmat bilan bog‘liq uchta masalaga shu yerda yechim topildi. Bu murojaat asosida Alako‘ylakning tuproq yo‘llari toshlanadigan, nosoz ichimlik suvi tarmog‘i, artezian qudug‘i va hovuz taʼmirlab beriladigan bo‘ldi. Qishloqqa yangi tibbiyot punkti qurib berish masalasi bo‘yicha ham aniq muddatli vazifalar belgilandi.

 

Yakkabog‘ markazidan 45 km olisdagi tog‘li “Kaltaqul” qishlog‘idan kelgan Sayqal Mirzayev va Yusuf Neʼmatov murojaatlari asosida qishloqdagi 78-umumtaʼlim maktabi uchun sport zali va qo‘shimcha bino qurish, maktabni jihozlash masalalari 2023 yilgi dasturga kiritiladigan bo‘ldi.

 

Ochiq-jonli muloqotlar natijasida 13 nafar ishsiz murojaatchi doimiy ish bilan taʼminlandi, “Ayollar daftari”dagi 10 nafar xotin-qizga uyda ishlab daromad topishi uchun pishiriq pishirish pechlari va tikuv mashinalari olib berildi. Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalar farzandlaridan 34 nafarining oliy taʼlim olishi, 15 nafarining safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmat o‘tashi, 8 nafarining haydovchilik kurslarida o‘qishi uchun shartnoma pullari to‘lab berilishi belgilandi.

 

Xuddi shunday murojaatlar asosida og‘ir sharoitdagi 21 nafar ehtiyojmand insonga davolanishi uchun bepul yo‘llanmalar, yana shuncha murojaatchiga moddiy yordam ajratildi.

 

Muloqotlar natijasida yakkabog‘lik boquvchisini yo‘qotgan, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan yoki nogironligi bor insonlardan 17 nafarining uy-joyini taʼmirlash, xonadonini obod qilishi uchun mablag‘ ajratishga qaror qilindi.

 

Eski Yakkabog‘ mahallasida yashovchi Dilrabo Jo‘rayevaning esa  hovlisidan artezian qudug‘i qazilib, tomorqasiga suv chiqarib berilishi  belgilandi. Bu bilan ayolning tomorqasi ham qo‘shimcha daromad manbaiga aylanadi.

 

Besh o‘g‘il mahallasida yashovchi Bibisora Sodiqovaga esa murojaatidan so‘ng boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadigan bo‘ldi.

 

Prezident Xalq qabulxonasi Yakkabog‘ning Yashnobod mahallasida tashkil qilingan navbatdagi ochiq, jonli va samimiy muloqot maydonida 200 dan ortiq murojaatchilarning 219 ta masalasi ko‘rib chiqildi. Ularning 139 tasi yoki 63,4 foizi joyida hal qilindi, qo‘shimcha o‘rganish, muddat va katta mablag‘ talab qiladigan 80 ta masala bo‘yicha aniq muddat va masʼullar belgilanib, nazoratga olindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

custom img

Toshkentning 9 ta hududida yangi jamoat parklari barpo etiladi

Prezident poytaxtda urbanizatsiya jarayonlari va yashil hududlarni kengaytirish boʻyicha takliflar bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"