“Bersang – yeyman, ursang – o‘laman” yoxud jamiyat oyog‘iga solingan kishan

Kam ta’minlangan aholini qo‘llab-quvvatlash uchun byudjetdan katta miqdorda pul ajratilmoqda. Ammo yordam olayotgan insonlarning ayrimlari endi “kattaroq, ko‘proq yordam berasan” degan talabni qo‘ymoqda.

“Bersang – yeyman, ursang – o‘laman” yoxud jamiyat oyog‘iga solingan kishan

 

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilgan islohotlar har jabhada o‘z mevasini bermoqda. Ayniqsa, Prezident tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlar, avvalo, inson qadrini ulug‘lashga xizmat qilayotgani shubhasiz. Xalq manfaatini ko‘zlab “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” joriy etildi. Bundan maqsad kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalarni himoya qilish, yoshlarni oliy ta’limga yo‘naltirish, ularni ish bilan ta’minlash orqali kambag‘allikni qisqartirish ko‘zda tutilgan.

 

Biroq bu kabi imkoniyatlarni suiiste’mol qiladiganlar ham oramizda talaygina. Ayrimlar hali ham boqimandalik kayfiyatidan qutula olmay, mahalla biror narsa berarmikan degan umid bilan yashayapti. Kasbim taqozosi bois bir muddat aholi murojaatlari bilan ishlaganman. Shunda kelgan xatlarning yarmidan ko‘pi “menga nimadir yetishmaydi, qilib beringlar, olib beringlar” singari murojaatlar ekaniga guvoh bo‘lganman. Achinarlisi shundaki, murojaat yo‘llagan insonlaring ko‘pchiligi to‘rt muchasi sog‘ odamlar.

 

Davlat tomonidan barcha uchun keng va teng imkoniyatlar yaratib berilgan. Aholining kam ta’minlangan qismini qo‘llab-quvvatlash maqsadida byudjetdan katta miqdordagi mablag‘ ajratilmoqda. Ammo yordam olayotgan insonlarning ayrimlari hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirish, yangi bosqichga ko‘tarish o‘rniga endi “kattaroq, ko‘proq yordam berasan” degan talabni qo‘ymoqda.

 

Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda “trend”ga chiqqan og‘zini tikkan yigit voqeasini olaylik. Bir necha marotaba qilgan murojaati javobsiz qolgan fuqaro jamiyat e’tiborini o‘ziga qaratish va muammosini hal qilish uchun shunday yo‘l tutgan. Xo‘sh, bu kimga qanday naf beradi?! Yigitning to‘rt muchasi sog‘ ekanligi kundek ravshan.  Nima bo‘lsa ham davlat meni boqishi, ta’minlashi kerak, degan noma’qul da’vo o‘rniga ozgina harakat qilib ish topishi mumkin ediku...Boz ustiga bugun odam izlansa va mehnat qilsa o‘zi istagan kasbda ishlay olishiga yetarli sharoit bor. 


 
Yana shunday holatlarga duch kelamiz: haqiqiy muhtoj, yordam zarur insonlar portal-u qabulxonalarning raqami va manzilini bilmaydi. Shu o‘rinda bir voqea yodimga tushdi. Hamkasbim ikki go‘dagi bilan boquvchisini yo‘qotgan, o‘zi ko‘cha-ko‘yda “baklajka” sotib, farzandlarini boqadigan yoshgina juvon haqida lavha tayyorladi. U ayol juda oriyatli ekanini, hatto televizorga chiqishga ham rozilik bermaganini, uni arang ko‘ndirganini aytdi. Lavhani tomosha qilish jarayonida ayol kameraga bir qur ham nazar tashlamaganiga guvoh bo‘ldik. Buning ortida o‘zi ojiza bo‘lsa ham, g‘ururi baland, hech kimdan hech narsa kutmaydigan va hamma narsaga o‘z mehnati bilan erishadigan INSON siymosi mujassam edi... 

 

Aslida mana shu ayolning xatti-harakatlari o‘zi sog‘lom bo‘la turib, turli xurmacha qiliqlar chiqaradigan, davlat uni boqishi kerakligini bot-bot eslatib turadigan odamlarga dars bo‘lishi joiz. 

 

O‘zbek xalqi azaldan oriyatli. Bizdagi mahalla tizimi, mehr-oqibat tuyg‘usi manaman degan rivojlangan davlatlarda ham ko‘zga tashlanmaydi. Biroq faqatgina davlatdan nimadir kutib yashaydigan odamlar  “Och qolganga baliq emas, qarmoq ber” maqoli mag‘zini chaqib, yaxshiroq fikrlaganlarida allaqachon boqimandalik kayfiyatidan qutulib ketgan bo‘lardi.

 

Go‘zal Abdullayeva

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Tarixiy g’alaba: Javohir Sindarov muddatidan avval g‘alaba qozondi

20 yoshli Sindarov jahon chempioni unvoni uchun kechadigan bahsda Dommaraju Gukeshga qarshi o‘ynaydi.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"