18+ — bu maqola hamma uchun emas!

Omma uchun ma’rifat ulashishi kerak bo’lgan OAV bugun auditoriyaga nima bermoqda?

18+ — bu maqola hamma uchun emas!

 

Yaqinda ijtimoiy tarmoqda bir reklamaga ko‘zim tushib qoldi. U erkaklar jinsiy quvvatini oshiruvchi dori vositasi (yoki biologik faol qo‘shimcha) haqida edi. Videorolikda qaynona-qaynota, ularning uylangan o‘g‘li va kelini o‘rtasidagi suhbat tasvirlangan. Syujetda kuyovning onasi o‘g‘lining quvvati yo‘qligidan, shuning uchun ham ko‘p uxlayotganidan noliydi. Otasi esa o‘g‘liga jinsiy quvvatni oshiruvchi mahsulotni uning onasi va turmush o‘rtog‘i yonida ochiqdan ochiq tavsiya qiladi. Kuyov bola ham hech narsaga tushunmaganday “bu nima”, deb so‘rab qo‘yadi. Otasi uning savoliga javoban “buni ichsang, keyin bilasan nimaligini” deb miyig‘ida kulib qo‘yadi. 


To‘g‘ri, dori vositasi (biologik faol qo‘shimcha) erkaklar uchun haqiqatdan foydalidir. Aynan o‘sha mahsulot sabab insonlar salomatligi tiklanib, uzoq yillar farzand kutgan oilalar niyatiga ham yetgandir. Lekin uni sotish va daromad topish maqsadida oiladan tashqariga chiqmaydigan parda ortidagi gaplarni reklama roligida ommaviy ravishda namoyish qilish uyatmasmi? Ustiga-ustak, o‘zbek oilalarida ota o‘g‘liga jinsiy quvvatni oshiruvchi mahsulotni ayollari yonida tavsiya berishi qanchalik mantiqli?

 

Bu birgina holat. Afsuski, shu kabi dori vositalari (biologik faol qo‘shimchalar) reklamasi so‘nggi paytlarda bosma nashrlardan tortib televideniye va radiogacha, hatto internetda juda ko‘payib ketdi. Ularning turi va nomi shu darajada xilmaxilki, qaysi biriga ishonishni bilmay qolasan kishi. Ayrim muammosi bor erkaklar esa o‘z dardini shifokorga aytishdan uyalib, reklama qilinayotgan mahsulotlarni ko‘r-ko‘rona qabul qilyapti. Shifokorlarning ta’klidlashicha, ba’zi erkaklar quvvatni oshiruvchi mahsulotlarni noto‘g‘ri yoki bemaslahat qabul qilishi oqibatida turli jinsiy kasalliklar orttirib olmoqda.

 

Hamma gap bunda emas. Asosiy muammo shu kabi mahsulotlarning televideniye va radio kabi vositalarda hamda ”prime-time” vaqtlarda namoyish qilinishi. Axir, ularni omma ko‘radi, omma ichida esa voyaga yetmagan bolalar, hali turmush qurmagan yoshlar ham bor. Tasavvur qiling: kechki dasturxon atrofida televizor tomosha qilib oilaviy nonushta qilyapsiz. Birdan reklama blogi boshlanib, erkaklar jinsiy quvvatini oshiruvchi mahsulotlar yoxud ayollarning shaxsiy gigiyenik vositalari namoyish qilindi. Bu  turdagi reklamani Siz-u biz ota-onamiz yonida yoki farzandlarimiz bilan birga bemalol tomosha qilamizmi? 


Ana endi ayrim yozuvchi va olimlarning televideniyedagi reklamalar haqida fiklarini eshiting. 

 

“Men ko‘rmoqchi bo‘lgan kino, spektakl, ko‘rsatuvlarni ko‘rolmasam, uning o‘rniga bir yoqimtoygina qizning: “Erkaklik kuchingizni tiklang va ayolingizni xursand qiling” degan “nasihat”ini eshitib o‘tirsam! Teledasturlar – yo‘liga, aslida it egasini tanimaydi.

 

Dardimga hech qanaqa laktavita, hech qanaqa laminalayflaru sedana yog‘lari foyda qilmadi. O‘zimizning poliklinikaga chiqdim. Vrach resept yozib berdi. Mana shu so‘zlar yozilgan ekan: “O‘zbekiston televideniyesini ikki oy ko‘rmay turing, otday bo‘p ketasiz”.

 

Aytganini qilgan edim, yoshim 70 dan oshgan bo‘lsa ham, o‘zimni 25 yashar yigitday sezyapman. Sog‘lom bo‘lay desangiz siz ham mendan o‘rnak oling”, — degandi bir paytlar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi Sharof Boshbekov.

 

“Televizorda ayollarning o‘zlari ham gapirishga istihola etadigan shaxsiy gigiyena vositasi tinmay reklama qilinyapti. Dasturxon atrofida o‘tirgan besh yoshli bolakay “Aya, bu nima?” deb so‘raydi. Onasi nima deb javob berishni bilmay, o‘zini eshitmaganga solib, gapni aylantiradi. 

 

“Klinikamizda erkaklarning jinsiy kasallikliklari, jinsiy zaiflik, muddatidan oldin bo‘shalish, ayollarning...” – buyog‘ini aytish uchun odamning beti kamida bez bo‘lishi kerag-ov! Hoy, birodarlar biz qayerdan yashayapmiz. O‘zbekning xonadonida ota-ona, qaynota-qaynona, o‘g‘il-kelinlar, nabiralar jamuljam bo‘lib ovqatlanadi, suhbatlashadi, madaniy dam oladi. Oila a’zolari birga televizor ko‘rish, radio eshitishdan ham bezillab qoldi!

 

O‘zbekiston teleradiokompaniyasi rahbarlariga achchiq, ammo ochiq taklifimiz: shahvoniy reklamalarga ishqingiz tushib qolgan bo‘lsa, iltimos, faqat o‘z oilangiz davrasida ko‘ring! Xalqning peshona teridan yig‘ilgan byudjet mablag‘lari hisobiga tayyorlanadigan teleko‘rsatuv, radioeshittirishlarga harom-xarishni aralashtirmang! Agar bu reklamalarga talabgor ko‘p bo‘lsa, alohida reklama kanali oching!”, — deya fikr bildirgan jurnalist To‘g‘aymurod Ortiqov.

 

“Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning ayrim moddalari  voyaga  yetmagan bolalarga bag‘ishlangan. Xususan, 16-moddada “bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda axborot mahsulotini yosh tasnifini ko‘rsatmasdan reklama qilish” mumkin emasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, 17-moddaga ko‘ra, “voyaga yetmaganlar olishi yoki iste’mol qilishi taqiqlangan tovarlarni voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan telekanallarda, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarda reklama qilish taqiqlanadi”.

 

Hujjatda aynan biz yuqorida keltirib o‘tgan mahsulotlar reklamasiga cheklov qo‘yilmagan. Lekin bu tadbirkor odob-axloq doirasidan chetga chiqib, turli xil ko‘rinishda reklamalar tayyorlash va uni ommaviy ravishda targ‘ib qilishi kerak degani emas. Televideniyeda namoyish etilayotgan har bir kino, ko‘rsatuv, musiqiy kliplar va hatto reklamalar bola tarbiyasiga ta’sir qiladi. Shunday ekan, ayol va erkaklar uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni tor doirada, maqsadli auditoriya uchun moslab reklama qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

 

Javohirbek TURSUNOV

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

custom img

Toshkentning 9 ta hududida yangi jamoat parklari barpo etiladi

Prezident poytaxtda urbanizatsiya jarayonlari va yashil hududlarni kengaytirish boʻyicha takliflar bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"