O'zbekiston

Uy-joy uchun subsidiya ajratish soddalashtirildi

Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi.

Uy-joy uchun subsidiya ajratish soddalashtirildi

 

14 oktyabr kuni “Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar berildi.

 

Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 dekabrdan boshlab subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorlari chiqariladi.

 

Subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentli bo‘limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi bekor qilinadi.

 

Bunda mazkur tashkilotlarning ma’lumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

 

Subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar toifasiga kiritiladi: 

 

—yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar; 
—olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislar va tibbiyot xodimlari.

 

2022 yil 1 noyabrga qadar “Labor - migration” dasturi va Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimi portali subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minotiga integrasiya qilinadi.

 

Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka krediti ajratishda qarz oluvchilarga qarz yukining eng yuqori chegarasi hamda subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish bo‘yicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi.

 

2022 yil 1 noyabrga qadar 2020-2022 yillar dasturi doirasida subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti foizlarining bir qismini qoplash bo‘yicha to‘lanmay qolgan subsidiyalarni to‘liq to‘lash choralari ko‘riladi.

 

2021 yil dasturi doirasida subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turadigan fuqarolarga Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olish huquqi beriladi.

 

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"