O'zbekiston

O‘zbekiston razvedkachilari Britaniyada katta davlatlarga "dars berdi"

O‘zbekiston harbiylari "Kembriya patruli" xalqaro musobaqasida o‘tgan yilgi natijasini takrorlagan holda 2- o‘rinni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston razvedkachilari Britaniyada katta davlatlarga "dars berdi"

 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, joriy yil 4–12 oktyabr kunlari Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida o‘tkazilgan razvedka va maxsus bo‘linmalarning «Kembriya patruli» xalqaro musobaqasida dunyoning jami 24 ta davlatidan 144 ta jamoalar ishtirok etdi. Jumladan, unda mezbon Buyuk Britaniya, O‘zbekiston, Kosovo, Gretsiya, Irlandiya, Germaniya, Latviya, Fransiya, Gana, Italiya, Hindiston, Polsha, AQSH,  Shveysariya, Litva, Niderlandiya, Uels, Nepal, Shotlandiya, Avstraliya, Pokiston, Meksika, Albaniya, Chili, Qozog‘iston, Yangi Zelandiya Qurolli Kuchlari razvedka va maxsus bo‘linmalari harbiy xizmatchilaridan iborat jamoalar o‘zaro bahs olib bordi.

 

Musobaqadagi yo‘nalish 90 km. masofadagi turli darajadagi murakkab shartlardan iborat bo‘lib, har 8-10 km.da bir nechta jangovar topshiriqlar bajarildi.

 

Shuningdek, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish vositalaridan foydalangan holda 3 km masofadagi zararlangan hududdan o‘tish, joyni razvedka qilish va tog‘ daryosini kesib o‘tish, yaradorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, jarohatlanganlarni turli yo‘llar bilan evakuatsiya qilish, mina to‘sig‘idan yakka va guruh tarkibida o‘tish, dushman obyektiga bosqin uyushtirish, garovga olinganlarni ozod qilish va harbiy asirlarni so‘roq qilish kabi shartlarda harbiy xizmatchilar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

 

Bundan tashqari jamoalarga 8 ta kutilmagan «test syurpriz» topshiriqlari ham berildi. Unga ko‘ra, xorijiy davlatlar qurollari va harbiy texnikasi turlarini aniqlash, simulyatsiya va aloqa uskunalari yordamida artilleriya olovini yo‘naltirish, harbiy topografiya meʼyorlarni bajarish, Jeneva konvensiyasi bo‘yicha test topshirish, razvedka bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash va tuzish, aloqa tayyorgarligi bo‘yicha meʼyorlarni bajarish, bajarilgan tadbirlar bo‘yicha va keyingi topshiriqlarni bajarishga shayligi bo‘yicha bildiruv berish jarayonlari ham qizg‘in kechdi.

 

Shunday qilib musobaqa natijalariga ko‘ra, I o‘rinni mezbon davlat – Buyuk Britaniya jamoasi, II o‘rinni katta davlatlar jamoalarini ortda qoldirgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi egallagan bo‘lsa, III o‘rin Pokiston jamoasiga nasib qildi.

 

Maʼlumot uchun, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi mazkur nufuzli musobaqaning 2019 yilgi bahslarida 1-o‘rinni, 2020–2021 yillarda esa 2-o‘rinni band qilgan.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"